Maqom san’atimiz xorijda namoyish etildi
Milliy maqom san’atimiz xorijda ham katta qiziqish va ehtirom bilan tinglanadi. Bu san’atning ma’naviy qudrati, ilohiy jozibadorligi tinglovchi qalbiga o‘zgacha huzur bag‘ishlaydi.
Joriy yilning 20-24-mart kunlari O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Buxoro viloyati hududiy bo‘limi hamda Qozog‘iston Respublikasi xonandalari va sozandalari ishtirokida Belgiya va Fransiyada gastrol safarlari tashkil qilindi.
O‘zbek milliy maqom san’ati axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 21-22 mart kunlari Belgiyada, 23-24 mart kunlari esa Fransiyaning Parij shahrida o‘tkazilgan konsert dasturlarida O‘zbek milliy maqom san’ati, jumladan, Buxoro shashmaqomi va “Mavrigi” qo‘shiqlari ijro etildi.
Shuningdek, milliy maqom san’ati haqida ma’ruzalar o‘qildi.
Tomoshabinlarga yorqin taassurot va xush kayfiyat ulashgan ushbu tadbirlarda 2 ming nafardan ortiq san’at muxlislari ishtirok etdi.
N.Usmonova,
O‘zA