“Manzilim bog‘ ichradir, sahroga oshiq bo‘lmisham”
FOTOREPORTAJ
Maxtumquli g‘azali asosida Xorazmning erka o‘g‘loni, taniqli hofiz Komiljon Otaniyozov tomonidan ijro etilgan bu qo‘shiq, yarim asrdan oshibdiki, sevib kuylanadi, sel bo‘lib tinglanadi.
[gallery-12758]
O‘zbek qo‘shiqchilik san’ati darg‘alaridan biri, dunyoga Xorazmning “Lazgi”sini tanitgan, davlat arbobi Komiljon Otaniyozovning ulkan ijodiy merosida bunday dilbar, ko‘ngil mulkiga aylangan qo‘shiqlar ko‘p. Ularning yaralish tarixi, ijodkorning hayot yo‘li, kitoblari, bastalagan kuylari jamlanmasi, cholg‘u asboblari haqida eng qimmatli ma’lumotlarni Urganch shahridagi Komiljon Otaniyozov uy-muzeyida topish mumkin. Ushbu muzey 2017 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Shuningdek, Urganch shahrida 2017 yilda ustoz san’atkor tavalludining 100 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bog‘ va ijod markazi san’atsevar yoshlarning sevimli maskaniga aylangan.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA