Mansurov Omon Abduvaliyevichning texnika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Mevalarni uzluksiz quritishning energiyatejamkor qurilmasini ishlab chiqish” mavzusida
Mansurov Omon Abduvaliyevichning 02.00.16 - “Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari” ixtisosligi bo‘yicha “Mevalarni uzluksiz quritishning energiyatejamkor qurilmasini ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya ishi himoyasi Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/31.03.2023.T.66.05 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 5 dekabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 160115, Namangan shahri, Kosonsoy ko‘chasi, 7-uy Namangan muhandislik- texnologiya instituti, 3- bino, 1-qavat, Ilmiy kengash xonasi, 313- xona.
Tel.: (69) 225-10-07, faks: (69) 228-76-75,
ye-mail: niei_info@edu.uz