Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tumani bo‘limi mansabdor shaxslari tomonidan o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarash holatlari aniqlandi.

Ularning xizmat vazifalariga loqayd munosabatda bo‘lishi, ish yurituvidagi ijro hujjatlarini asossiz tamomlash oqibatida fuqaro, jamiyat va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazilgan.   

Xususan, 202,9 milliard so‘mlik 200 ijro ishida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan.  

Byuroning tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan «S.B» mas’uliyati cheklangan jamiyatidan davlat foydasiga 19 milliard so‘mlik, «P.P» mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 179,2 million so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari qonunchilik talablariga zid ravishda asossiz tugatilgan. Oqibatda  soliq qarzdorliklari bugungi kunga qadar undirilmagan.  

«S.C.G» mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 26,3 milliard so‘m, «R.F.P.» mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 19,4 milliard so‘m va «Ya.M.S.E.T» mas’uliyati cheklangan jamiyatidan  1,7 milliard so‘m davlat foydasiga soliq qarzdorliklarini undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari mazkur korxonalar faoliyat yuritib kelayotgan manzili aniq bo‘la turib, asossiz tamomlangan.  

Shu kabi «P.E.E.S» mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi «B.P.T» mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga jami 1,9 milliard so‘m, «M.S.» mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi «S.» aksiyadorlik jamiyati foydasiga 1,1 milliard so‘m qarzdorlik, qarzdor B.P.dan undiruvchi N.G.ning foydasiga 332 million so‘m jinoyat natijasida yetkazilgan zarar, qarzdor «M.T» mas’uliyati cheklangan jamiyatidan davlat foydasiga 6,3 milliard so‘m va 331 million so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklar mavjud bo‘la turib, asossiz yakunlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan o‘rganish mobaynida to‘plangan hujjatlar asosida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.  

Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.  

N.Abduraimova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mansabdor shaxslarning o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarash holatlari aniqlandi