Mangu hilpirasin yurtim bayrog‘i
18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 31 yilligi Sirdaryo viloyatida ham keng nishonlanmoqda.
Sana munosabati bilan viloyat markazi Guliston shahrida ham keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi. Viloyat markazidagi "Yurt bayrog‘i" maydonida huquq-tartibot idoralari xodimlari, harbiylar, sport, madaniyat va san’at sohasi vakillari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari jam bo‘ldi.
[gallery-9636]
Dastlab "Yurt bayrog‘i" maydonida davlat madhiyasi yangradi. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Karimov "Mangu hilpirasin yurtim bayrog‘i" mavzuida ma’ruza qildi. Viloyat ijodkorlarining Ona Vatan, Istiqlol, Vatan bayrog‘iga bag‘ishlangan she’rlari tadbirga o‘zgacha fayz kiritdi. So‘ngra Davlat bayroqlari o‘rnatilgan avtomobillar karvoni shahar ko‘chalari bo‘ylab kezdi.
Davlatimiz bayrog‘i qabul qilingan kunning 31 yilligi viloyatning barcha shahar va tumanlarida ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.
Sh.Suyarov,
Sh. Ortiqboyev,(suratlar) O‘zA.