Insonlar qalbidan umrbod joy olgan sevgi, muhabbat, sadoqat, nafosat ramzi bo‘lgan Zulfiyaxonim Isroilova hayoti va ijodi qalbimizga o‘lmas bahor iforini joylab ketgandek go‘yo.

Ajdodlarimiz ta’kidlaganidek, erta ko‘klam shamoli Zulfiya nafasi bilan boshlanib qalblarimizga mangu bahorni muhrlaydi. 

Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. 

Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yil Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Avval boshlang‘ich maktabda, so‘ng xotin-qizlar bilim yurtida tahsil olgan. 1935-1938-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida o‘qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1935-yildan 1980-yilgacha, qariyb o‘ttiz yilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan “Saodat” nomli xotin-qizlar jurnalida bosh muharrir bo‘lgan. 

Zulfiyaxonim Isroilova Hamid Olimjon bilan turmush qurgan. Biroq ular orzularga to‘la hayot kechirayotgan pallada 1944-yili mashina halokati tufayli turmush o‘rtog‘idan ayrildi. Shoira esa 1996-yilda 81 yoshida vafot etadi. 

Shoira badiiy ijodga juda erta kirishdi. O‘n yetti yoshida “Hayot varaqalari” deb atalmish dastlabki she’riy kitobini chop ettirdi. Uzoq ijodiy umri davomida o‘ttizga yaqin she’riy to‘plamlar, o‘ndan ortiq dostonlar yaratdi. Shoira hammani o‘ylatadigan, barchaga daxldor bo‘lgan holatlarni she’rga soladi. Shuning uchun ham yozganlari ko‘pchilikka manzur bo‘ladi. Zulfiyaxonimning ulkan iste’dodi faqat yurtimizdagina emas balki dunyo miqyosida ham e’tirof etilgan. U xalqaro “Nilufar” mukofoti egasi. 

Shoira she’rlarining el aro mashhurligi tasodifiy emas. U bolaligidan olamga hayrat ko‘zi bilan qarovchi, uning boshqalar ko‘rolmaydigan jihatlarini ilg‘ovchi qizaloq ekani bilan ajralib turardi. Buning ustiga, oilasidagi muhit ham yosh Zulfiyada badiiy ijodga ishtiyoqni alangalatardi. 

Shoira bolaligini shunday eslaydi: “Otamni Isroil degrez der edilar. Otam zahmatkash temirchi edi. Otamning hamma vaqt olovga yo‘ldosh kasbidan faqat zavq ko‘rar edim. Otamday qudratli odam yo‘q edi men uchun. Temirlar otam qo‘lida chaqmoqlar taratishiga boqib, hayratda qolar edim. Uning qo‘llari cho‘g‘ga aylangan temir parchasini istagan shaklga solib, inson uchun kerakli narsaga aylantirishga qodir edi. Men hali-hanuz otamday bo‘lishni orzu qilaman, ammo na iloj, inson qalbiga kira bilish temirga ishlov berishdan mashaqqatliroq, yurakni chaqmoq kabi alanga oldirish har kimga ham muyassar bo‘lavermas ekan… 

Mening onam o‘zining ta’bicha, “usti butun – ichi tutun” ayollardan edi. U hamma vaqt kamgap, xayolchan edi, lekin fikrlari, o‘ylari mudroq emasligini, unga mutelik, zaiflik yot ekanini bilar edim. Ruhidagi ma’yuslik, ovozidagi hazinlik faqat uning xarakteriga xos bir sifat edi, xolos. 

Onamning qancha-qancha qo‘shiq va afsonalarni, doston va ertaklarni bilishiga aqlim bovar qilmasdi. Bu sehrli afsona va ertaklar bizga benihoya huzur bag‘ishlar, o‘ziga rom qilib olar, har safar yangi jilva kasb etardi. Aminmanki, mo‘jizalar yaratishga qodir, jahonni ko‘zga keng ochuvchi, insonni go‘zallik sari yetaklovchi so‘zga shaydolik hissini mening qalbimda ostona hatlab ko‘chaga chiqmagan oddiy ayol – onam uyg‘otgan…” 

Zulfiya she’riyati ana shunday pokiza buloqlardan suv ichgan ijoddir. Ayni shu sababdan uning tinchlik haqidagi, inson ruhiyatini g‘ajib tashlay oladigan hijron to‘g‘risidagi, tabiatning ajib bir holati borasidagi she’rlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Shu bois shoiraning barcha ayollarga, barcha onalarga, barcha ma’shuqalarga xos, tushunarli bo‘lgan she’riyati aslo eskirmaydi. Uning asarlarida halol inson tuyg‘ularining porloq yulduzi charaqlab turadi. 

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Zulfiyaxonim o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos o‘ringa ega shoira bo‘lishi bilan birga, inson sifatida ham shu xalqning barcha olijanob xislatlariga ega ayol bo‘lgan. Uning hayoti va ijodi barcha xotin-qizlar uchun ibrat. Negaki, uning mehnatsevarligi, doimo olg‘a intilishi, sevgi bobida sadoqatli yor ekani, badiiy ijod borasida tinimsiz izlanuvchanligi hamda hayot qiyinchiliklarida esankiramasligi, erishilgan yutuqlar oldida o‘zini yo‘qotmasligi har qanday qiz yoki ayol qalbida havas uyg‘otadi. 

Shu bilan birga hayotga, yashashga, sevishga, sevilishga, oila atalmish muqaddas dargohga vafo va sadoqat, shuningdek, jamiyatda ham ayolning ojiza emas, mo‘jiza ekanini isbotlovchi tugal haqiqatni tan olinishiga zamin yaratdi. 

Bu esa har qanday zamonda ham xotin-qizlarning ilm-fanda, ta’limda, sportda, tibbiyotda, harbiy amaliyotda, qishloq xo‘jaligida, xullas jamiyatning har qanday sohasida yuqori marralarni zabt etishi uchun yuksak namuna bo‘la oladi. Nozik yelkasida oila quvonch va tashvishlaridan tashqari ona Vatan ravnaqiga hissa qo‘shishdek muqaddas burchni o‘z zimmasiga mardlarcha olgan har bir o‘zbek qizini Zulfiyaga munosib izdoshlar haqiqiy Zulfiya qizlari deb ataymiz. 

Ozoda AKBAROVA, 

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport 

universiteti O‘zbek va chet tillari kafedrasi uslubchisi

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mangu bahor elchisi