«Manchester Yunayted» Kamavinga uchun 50 million yevro taklif qildi
Yarim himoyachining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan.
«Manchester Yunayted» Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, «qizil iblislar» 23 yoshli fransiyalik futbolchi uchun 50 million yevro taklif qilgan. «Real»ni bu summa qoniqtirishi hozircha noma’lum, biroq Madrid klubi Kamavingani sotish imkoniyatini istisno qilmayapti.
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Kamavingani asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko‘rmayapti.
Yarim himoyachining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.