«Manchester Siti» Rodrining o‘rniga «Liverpul» yarim himoyachisini nishonga oldi
«Shaharliklar»«Liverpul» bilan muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda.
«Manchester Siti» «Liverpul» yarim himoyachisi Aleksis Makallisterni tarkibiga qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Jurnalist Mett Tilen ma’lumotiga ko‘ra, ingliz klubi argentinalik futbolchining vakillari bilan dastlabki aloqa o‘rnatgan.
«Shaharliklar» endilikda Makallisterning transferi bo‘yicha «Liverpul» bilan ham muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda.
«Manchester Siti» 27 yoshli yarimhimoyachini Rodrining ehtimoliy o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rmoqda. Ispaniyalik futbolchining «Barselona»ga transferi kutilayotgan bir paytda, Pep Gvardiola jamoasi markaziy yarimhimoya uchun yangi nomzod izlamoqda.
Makallister «Liverpul» bilan 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiluvchi shartnomaga ega. Uning klubdagi yillik maoshi taxminan 6 mln yevroni tashkil etadi.