Manbalar xazinasining boyishi qadim tariximizni toʻliq oʻrganish omili sifatida
Sharifjon Ganidjanovich ISLAMOV tarix fanlari boʻyicha(PhD) falsafa doktori Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Toshkent, Oʻzbekiston sharqregister@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondining shakllanish tarixi, ilmiy ahamiyati va zamonaviy boyish jarayonlari, uning ilmiy qiymati xalqaro miqyosda eʼtirof etilganligi yoritilgan.
Shuningdek, fondni boyitishda professor R.Bahodirovning shaxsiy tashabbusi bilan taqdim etilgan noyob qoʻlyozma, toshbosma va nashr etilgan asarlar kolleksiyasi, uning ilmiy ahamiyati bayon etilgan. Mavjud diniy, falsafiy va adabiy yoʻnalishdagi baʼzi manbalarning qoʻlyozma va toshbosma nusxalari tavsiflangan.
Tayanch soʻzlar: Turon, qoʻlyozma, toshbosma, adabiyot, sharqshunoslik, noyob qoʻlyozmalar fondi, din, falsafa , madrasa, taʼlim, talaba, tafsir, kalom, fiqh.