Ma’naviyati yuksak faylasuf edi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, falsafa fanlari doktori, professor Omonulla Fayzullayev tavalludiga 100 yil to‘ldi
Faylasuf bo‘lish na faqat keng qamrovli bilimni, balki katta hayotiy tajriba, rivojlangan mushohada qobiliyati, ziyrak kuzatuvchanlik, katta sabr-toqat va bag‘rikenglikni talab qiladi.
Omonulla Fayzullayev(1921-2008)shaxsida bunday sifatlardan tashqari, genetik omil ham muhim rol o‘ynagan, chunki u kishining ajdodlari, bobokalonlari orasida o‘z zamonasining zabardast siymolari, ulug‘ mutafakkir-allomalar o‘tgan. U yoshligidan zamonasining ulug‘ olimlari – akademiklar Toshmuhammad Qori-Niyoziy (1897-1970), Ibrohim Mo‘minov (1908-1974), Toshmuhammad Sarimsoqov (1915-1995), Sagdi Sirojiddinov (1920-1988) kabi katta ustozlar qo‘lida saboq olgan. Ustoz ularning na faqat ilmini, balki sermazmun hayotiy tajribasini ham o‘zlashtirgan.
Omonulla aka o‘zining ilmiy va hayotiy tajribasi taraqqiyotiga u yoki bu darajada ta’sir qilgan ustozlari va boshqa zamondoshlariga alohida mehr va e’tibor bilan qarardi. Bu haqda ustozning eng so‘nggi kitobi “XX asr ziyolilari, ustozlarim va safdoshlarim” nomli asarida batafsil ma’lumot berilgan.
Omonulla Fayzullayevich fundamental табиий-ilmiy, mantiqiy-matematik bilimlardan tashqari yuksak milliy qadriyatlarni o‘z ichiga olgan ma’naviy-ma’rifiy bilimlarga ham ega edi.
Agar ustozning umri mobaynida e’lon qilgan maqolalariga nazar tashlasak, uning falsafa va fan tarixiga oid salmoqli mavzularni sinchiklab tahlil qilganligini bilib olamiz. 1963 yilda taniqli olim, akademik I.M.Mo‘minov rahbarligida himoya qilgan nomzodlik dissertatsiyasi “Materiyaning o‘z-o‘zidan harakatidagi eng sodda ko‘rinishlari haqida” deb atalgan.
“Harakat bu har qanday o‘zgarishdir” degan klassik ta’rifga binoan, O.Fayzullayev har qanday o‘zgarish muayyan sistemada ro‘y beradi, deb hisoblaydi. Harakatga sistema nuqtai nazardan yondashish turli sistemalardagi o‘zgarishlarning o‘ziga xos tabiatini bir-biridan farqlashga imkoniyat yaratadi. Sistemaning ochiqligi yoki yopiqligi harakatning davomiyligi yoki cheklanganligi, abadiyligi yoki vaqtinchaligini ta’minlaydi. Harakat mobaynida energiya sarflanadi. Demak, yopiq sistemada energiya miqdori cheklanganligi sababli abadiy harakat bo‘lishi mumkin emas. Tashqaridan energiya kelib turadigan sistemada, ya’ni ochiq sistemadagina harakatning abadiyligi ro‘y berishi mumkin. Har qanday harakatda potensial energiya kenetik energiyaga aylanadi. Harakat bu potensial energiyaning sarflanishi jarayoni. Bunday energiya miqdori cheksiz bo‘lsagina harakatning abadiyligini ta’minlash mumkin. Ichki energiyaning tashqi energiyaga aylanishi xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, “материя cheksiz energiya manbaidir”, degan nuqtai nazar bilan kelishib bo‘lmaydi, deydi olim. Chunki, ichki energiya tashqi energiyaga aylanishi uchun ham qo‘shimcha energiya kerak bo‘ladi. Agar mikrodunyoga megadunyo orqali energiya uzatuvchi ichki tunnellar bo‘lsagina bu fikr, ya’ni “materiya cheksiz energiya manbaidir” degan fikrning haqiqatligini ifodalashi mumkin.
Ustozning bu mulohazalari, har qanday fikrga, garchi u ko‘pchilikka ma’lum haqiqat bo‘lsa ham, mulohaza yuritib, mantiqiy xulosa asosida ishonish yoki ishonmaslikni o‘ylab ko‘rish lozim, degan fikrni beradi.
Omonulla Fayzullayev falsafa fanida birinchi bor, asosan tabiiy fanlarda qo‘lлаniладиgaн ilmiy tushuncha, “inersiya” tushunchasi falsafiy kategoriya ekanligini asoslash lozimлигиga e’tiborini qaratdi hamda tafakkur инерциясиni inersiyaning ma’naviy shakli сифатида ta’riflagan.
Ustoz falsafadagi ontologik va gnoseologik qonuniyatlarni o‘tmishda o‘tgan sharq mutafakkirlarining falsafiy merosiga tayangan holda rivojlantirish yo‘lidan borgan. Shu sababli 1973 yili himoya qilgan doktorlik dissertatsiyasi “O‘rta Osiyo fanlari tarixida dialektik ziddiyatlar muammosiga doir” deb atalgan.
Uning fikricha, biz bugun o‘rganayotgan zamonaviy falsafiy qarashlarning ildizi qadimgi davrlarga, o‘rta asrlarda ijod qilgan Xorazmiy, Forobiy, Moturidiy, Beruniy, Ibn Sino singari ulug‘ allomalarimizning falsafiy g‘oyalariga borib taqaladi. Xorazmiyning meros taqsimlash ilmi “faroyiz”ga asos solishi, Forobiyning mantiqiy sillogistik xulosa qoidalarini ishlab chiqishi, Beruniyning imkoniyatdagi dunyolar haqidagi kosmologik konsepsiyasi, Ibn Sinoning ruhiy va jismoniy olamlar birligi haqidagi mantiqiy-sillogistik tahlillari bugungi zamonaviy falsafiy sistemalarning shakllanishi uchun nazariy ozuqa bo‘lib xizmat qilgan. Tafakkur erkinligi g‘oyasini ham ilk bor Imom Moturidiy ko‘tarib chiqqan edi. Ustozning bu yo‘nalishdagi falsafiy mulohazalari e’tiborga loyiqdir.
Omonulla Fayzullayev vatanparvar olim sifatida milliy qadriyatlarimizga, yurtimizda o‘tgan ulug‘ allomalarimiz hayotiga alohida bir e’tibor bilan yondashadi. Ustoz yurtimizda Muhammad Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Ahmad Farg‘oniy Imom Buxoriy, Amir Temur singari siymolarning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanlarni tashkil etishda faol ishtirok etgan, mazmundor maqolalari bilan jahon ilmiy jamoatchiligining e’tiborini qozongan.
U Pokiston va Yaponiyada “algoritm” атамасиniнг Al-Xorazmiyning latinlashtirilgan ismidan olinganligini tilshunoslik nuqtai nazaridan turib isbotlab berdi, Samarqandda Imom Buxoriy yubileyiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro anjumanda so‘zga chiqib, Imom Buxoriy hadislarining to‘liq raqamlashtirilgan elektron variantini ishlab chiqish lozimligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilmiy asosladi, Mirzo Ulug‘bek yubileyiga bag‘ishlab o‘tkazilgan халқаро simpoziumda esa Ulug‘bek обсерvaториясиniнг zamonaviy 1:1 o‘lchamli maketini ishlash g‘oyasini ilgari surdi, Ahmad Farg‘oniyga bag‘ishlangan anjumanda Farg‘oniy asarlarining to‘liq to‘plamini nashr etish, Ibn Sinoning yubileyiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro конференцияда Ibn Sinoning falsafiy asarlari to‘plamini zamonaviy ko‘rinishda, ixcham shaklda nashr qilish, Beruniyning Yer shari globusi maketini ishlash, Amir Temurning jahon цивилизацияси tarixida tutgan o‘rnini ko‘rsatuvchi ko‘rgazmali muzeyini tashkil qilish (u paytda hali Toshkent shahridagi Temuriylar tarixi muzeyi bunyod qilinmagandi) kabi original g‘oyalarni ilgari surgan edi. bugungi kunda, mustaqil jonajon yurtimizda ustoz Omonulla Файзuллаев orzu qilgan g‘oyalar birin-ketin amalga oshmoqda. Ma’naviy merosimizni o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro kongresslar, simpoziumlar tashkil etilmoqda, mutafakkirlarimiz asarlari zamonaviy shakllarda nashr etilmoqda, turli tillarga tarjima qilinmoqda.
Professor O.Fayzullayevning falsafa tarixi, ontologiya, gnoseologiya, logika (mantiq), fan tarixi, manbashunoslik va geniologiyaga oid ko‘plab ilmiy va ommabop asarlari bugungi kungacha o‘zining ilmiy-nazariy hamda amaliy qimmatini yo‘qotmagan.
Akademik S.Shermuhamedov ular haqida shunday deb xotirlagan edi: «Omonulla Fayzullayev o‘zbek falsafasining juda iste’dodli, sermaxsul vakili edi. Bu zahmatkash olimning nomi, merosi hali asrlardan-asrlarga o‘tib, avlod-ajdodlari nomini sharaflarga burkashda davom etishiga ishonchimiz komil...».
Professor Omonulla Fayzullayev маъnaвий merosimiz, milliy qadriyatlarimizning himoyalanishiga ham katta e’tibor bilan qaragan.
«O‘rta Osiyo tabiatshunosligi va falsafasi klassiklari asarlarida ziddiyatlar muammosi» nomli monografiyasidan yurtimizda o‘tgan buyuk mutafakkirlarimiz asarlarida dialektik ziddiyatlar muammosining qo‘yilishi va o‘rganilishi haqida ma’lumotlar olish mumkin. Bu asarda dialektik ziddiyatlar va ularniнг shakllari, dialektik ziddiyatlar моҳияти Markaziy Osiyo mutafakkirlari ijodida qay tarzda aks etishi falsafiy tahlil etilgan. Ustoz mutafakkirlarimizning tabiiy-ilmiy qarashlarini tahlil etar ekan, ular ilgari surgan g‘oyalarning zamonaviy ilmiy konsepsiyalar taraqqiyotiga ta’sirini ham ko‘rsatib bergandi.
Ustoz O.Fayzullayev: «bugungi kun sivilizatsiyasining poydevorida bizning yurtimizdan chiqqan ulug‘ bobokalonlarimizning hissasi buyukdir. Faqat ular kamtarin va oriyatli olimlar bo‘lishgan, o‘zlarini ko‘z-ko‘z qilishga urinishmagan. Shu sababli ba’zi kitoblarida hatto o‘z ismi-shariflarini ham aytishga istihola qilishgan. Oqibatda ko‘plab noyob qo‘lyozmalarning mualliflari hamon noma’lumligicha qolmoqda. Endi mustaqillik tufayli ota-bobolarimizning ma’naviy merosini qaytadan tiklashga imkoniyat eshiklari ochilmoqda, qani endi hozirgi olimlarimiz “Beruniy lemmasi”, “Ibn Sino teoremasi”, “Ulug‘bek aksiomasi” kabi atamalarni dadil fan arsenaliga kiritishsa. Axir, o‘tmishda yurtimizda o‘tgan olimlarning qanchadan-qancha ilmiy g‘oyalari g‘arblik olimlar tomonidan chuqur o‘rganilib, bu g‘oyalar ularning o‘zlarining nomlaridan fan tarixiga kiritib yuborilgan. Ko‘pgina matematik teoremalar, trigonometrik funksiyalar, geometrik nazariyalar Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa vatandoshlarimiz tomonidan yaratilgandir», deb ta’kidlar edi.
Ularning aytishicha, «insoniyatning gigiyenik madaniyati ilk bor Markaziy Osiyoda shakllangan. Ota-bobolarimiz sovun bilan qo‘l yuvishni, hammomni, dasturxonni, qo‘l yuvish uchun mis chovgumni (forsiycha “obdasta”), qo‘l yuvganda suv to‘planadigan idish “dast jo‘y”ni, pichoqlarning chetida kir to‘planmasligi uchun qo‘yilgan maxsus pichoq “gardishi”(“gulmixi”)ni va g‘ilofini hamda ko‘plab boshqa ro‘zg‘or buyumlarini kashf qilishganki, ular oilada, ro‘zg‘orda pokizalikni, tozalikni, saranjom-sarishtalikni, halollikni saqlash uchun xizmat qilgan».
Men shu buyumlarning tarixini bilish uchun yurtimizda nashr qilingan Milliy Ensiklopediya va Ensiklopedik lug‘atlarni varaqlab chiqdim va biz bugungi kunda milliy qadriyatlarimizdan naqadar uzoqlashib ketganligimizni anglab, xavotirga tushdim. Ishonasizmi, bu lug‘atlarga oddiy “pichoq” atamasi kiritilmagan ekan. Pichoq va uning tarixi, тuзилиши, yasalishi, qismlarining atalishi haqida biror maqola bo‘lganda yaxshi bo‘lar edi. Афсuски, bu atama har ikkala lug‘atga ham kiritilmagan. Shu tarzda ketaversak, erta-indin choynak va piyolani ham unutib qo‘yamiz. Hozirgi farzandlarimizdan so‘rasak, pichoq, uning tig‘i, gardishi, dastasi, g‘ilofi, gulmixi haqida hech narsani bilishmaydi. Chunki biz o‘zimiz ular haqida ma’lumotlarga ega emasmiz. Энциклопедияларga esa bular haqida hech narsa yozmaganmiz.
Omonulla Fayzullayev ilm egallashda olim ko‘p tillarni bilishi kerak, deb ҳисобларди. O‘zlari ruscha, inglizcha, arabcha, nemischa, turkcha, tatarcha matnlardan bemalol foydalana olardi. Ba’zan esa xitoycha va yaponcha iyerogliflarni ham bir-biri bilan solishtirib ko‘rayotganligining guvohi bo‘lganman. “Ilm, – der edi ustoz, – millat va tilni tanlamaydi. Ota-bobolarimiz turkiy tildan tashqari arabcha va forscha, ayrimlar esa xitoycha va quriyacha (koreyscha demoqchi), nemischa va fransuzcha, inglizcha va yunoncha, yahudiy va suryoncha matnlardan ham ilm axtarib, tarjima qilib yurtimizning ilmiy salohiyatini kuchaytirishgan. Biz esa o‘z tilimizdan ham begonalashib bormoqdamiz. Yaxshi-yaxshi asarlarni o‘zbekcha ham yarating. Agar maqolada yaxshi g‘oyalar bo‘lsa, butun dunyo uni tarjima qilib olishadi. Maqolaning qaysi tilda yozilganligidan ko‘ra, uning mazmunida qanday jozibador g‘oyalar borligi muhimroqdir”. Bu fikrlar ustozning milliy qadriyatlarga naqadar mehri balandligini ko‘rsatib turibdi.
Ustoz doimo to‘g‘ri so‘zli bo‘lish tarafdori bo‘lib, odamlarni aldash, yolg‘onchilik va kishilarni hiyla-nayrang bilan laqillatish kabi jirkanch illatlarni yoqtirmasdi. Shu sababli, ilmiy ishlarni ko‘rib chiqqach, ularga baho berishda doimo ilmiy xolislik nuqtai nazaridan yondashib, tadqiqotchilarga kamchiliklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayon qilib, ularni tuzatish yo‘llarini ham ko‘rsatib berardi.
Markaziy Osiyoda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz – bir paytlar juda qudratli bo‘lgan Buyuk Turon yurtining farzandlaridir. Shunday ekan, ularning tarixini Markaziy Osiyoda yashovchi xalqlar o‘zaro uyushib, birgalikda tadqiq etishimiz, bobokalonlarimiz yaratgan durdona g‘oyalarni butun dunyoga tarqatishimiz, bu g‘oyalarni butun insoniyatning ma’naviy mulkiga aylantirishimiz lozim, der edi ustoz. Haqiqatdan ham, xalqimiz qalbida, genlarida (irsiyatida) donishmandlik sifati yashab kelmoqda.
Bu donishmandlik sifati xalqimizning qadimiy turkiy tafakkur tarzidan voyaga yetgan. Bu tafakkur bir necha o‘n ming yillar mobaynida sayqallanib, takomillashib, rivojlanib, zamonlar, davrlar sinovi, mustamlakachilik to‘siqlarini yengib o‘tib, turli xil cheklashlar, kamsitilishlar, chig‘iriqlaridan g‘olib kelgan tafakkurdir. Bu tafakkurning mohiyati va o‘ziga xos jihatlari falsafiy hamda psixologik jihatdan o‘rganilishi, bu jihatlar amaliyotga tadbiq etilishi lozim.
Baxtiyor To‘rayev,
falsafa fanlari doktori, professor