"Ma’naviyat marafoni" ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryoda “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” g‘oyasi asosidagi "Ma’naviyat marafoni" bo‘lib o‘tdi.
Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” binosida boshlangan tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi mas’ullari, mehnat faxriylari, yozuvchi va shoirlar, ziyolilar hamda yoshlar ishtirok etdi.
[gallery-14516]
Marafon doirasida Termiz davlat universiteti, “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseyi, Termiz shahridagi 31-maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda viloyatning qator tuman va shaharlarida “Men odobning o‘g‘liman”, “Ajdodlar mardona ruhi bizga yor!”, “O‘zbekiston – mening Vatanim!”, “Fazilatli avlod”, “Hayo – qiz bolaning ziynati”, “Oila – ma’naviyat qo‘rg‘oni”, “Or-nomus – yigitning ko‘rki”, “Kitob – mening eng yaqin do‘stim”, “Milliy maqom san’ati”, “Odamiylik mulki”, “Alpomishlar o‘tgan bu diyor!”, “Vatanim bayrog‘ini baland ko‘taraman”, “Milliy qadriyatlar" kabi loyihalar o‘tkazildi.
– Yoshlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish va mustahkamlashda boy hayotiy tajribaga, bilim va ko‘nikmaga ega nuroniylar, taniqli olim va ziyolilar, ijodkorlarning o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva. – Shu ma’noda marafon davomida ular bilan o‘tkazilgan uchrashuv va muloqotlar yoshlarning ma’naviy tarbiyasini boyitish, qalblarida ona Vatanga, milliy qadriyatlarga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga, ularning faolligini oshirish, jamiyatga, jarayonlarga daxldorlik hissini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA