FOTOREPORTAJ

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Ma’naviy barkamol yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkori” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Milliy tadqiqot universiteti, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilgan konferensiyada mamlakatimiz hamda qo‘shni davlatlardan yetakchi olimlar, yurtimizning turli nuqtalaridan 100 dan ziyod sohaning professor-o‘qituvchilari hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Ushbu nufuzli konferensiya ma’naviy barkamol yoshlarini tarbiyalash, ularda intellektual va jamiyatga foydali bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning yangi taraqqiyot yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ilmiy va amaliy ishlarni o‘rganish, o‘zlashtirish hamda mavjud muammolarni muhokama qilish va yechim topishga ko‘maklashish maqsadiga qaratilgan. 

[gallery-17444]

Konferensiya ishiga xorijiy mamlakatlardan 50 ga yaqin, yurtimiz olimlari tomonidan 400 dan ortiq maqola kelib tushdi va ularning 320 tasi qabul qilindi. Qabul qilingan har bir maqola uchun DOI raqam olindi hamda bir nechta xalqaro bazalarda indekslandi. Xususan, Polshaning Index Copernicus, Yevropaning Zenodo hamda Open Aire, Rossiyaning Cyberleninka, Angliyaning Europub bazalariga joylashtirildi va Google akademiya ilmiy qidiruv tizimida indekslandi. Konferensiya materiallarining xalqaro bazalarda indekslanganligi avvalo ulardan dunyoning ko‘plab davlatlaridagi ilmiy tadqiqotchilar foydalanish imkoniyatini yaratsa, ikkinchidan universitetning xalqaro reytingini, qolaversa, yurtimizning xalqaro hamjamiyatdagi o‘rnini yanada oshirishga zamin bo‘ladi.

Xalqaro konferensiya majlisidan so‘ng “Yangi O‘zbekiston islohotlari – barkamol avlodni tarbiyalash omili”, “Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashning samarali yo‘llari va innovatsion texnologiyalari”, “Mediamakondagi yangilanish jarayonlari va tahdidga bardoshli avlodni tarbiyalashning dolzarb vazifalari” sho‘balarida ilmiy muhokama jarayonlari olib borildi. Unda mamlakatimiz hamda xorijlik ekspertlar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi. 

Anjuman yakunida yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan berilgan tavsiyalar asosida umumiy taklif va xulosalar tayyorlandi.

Kamola Yusupova, Rustam Nazarmatov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya