Huquqiy munosabat

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin.  

Xo‘sh, ma’muriy qamoqqa olish muddati qancha vaqtgacha qo‘llaniladi? Qanday hollarda ma’muriy javobgarlik bekor qilinishi mumkin? Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Muhriddin Shamsiddinov bilan shu haqda suhbatlashdik.    

– O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 23-moddasi birinchi qismi 5-bandiga asosan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun ma’muriy qamoqqa olish jazo choralari qo‘llaniladi. Mazkur kodeksning 29-moddasiga ko‘ra ma’muriy qamoqqa olish uch sutkadan o‘n besh sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun o‘ttiz sutkagacha muddatga qo‘llaniladi. Ma’muriy qamoqqa olish jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, shuningdek harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshlig‘i tomonidan belgilanadi.     

– Kimlarga ma’muriy qamoqqa olish chorasi qo‘llanilmaydi?     

– MJtKning 29-moddasiga binoan ma’muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga, o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxslarga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.    

– Kamera va maxsus qabulxona tushunchalarining farqi nimada?    

– Kamera – maxsus qabulxonada joylashgan, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan xona. Maxsus qabulxona esa ichki ishlar organlari tizimiga kiradigan, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus muassasa hisoblanadi.    

– Agar shaxs ma’muriy qamoqqa olinsa, uning yaqinlari ogohlantiriladimi?  

– Albatta, “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi qonunning 23 moddasiga ko‘ra maxsus qabulxona ma’muriyati va xodimlari ma’muriy qamoqqa olingan shaxs maxsus qabulxonaga joylashtirilgan paytdan boshlab unga u maxsus qabulxonaga joylashtirilganligi to‘g‘risida advokatga, qarindoshlariga yoxud boshqa shaxslarga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoki xabar qilish huquqini berishi shart. 

– Maxsus qabulxona xodimlari deganda kim nazarda tutiladi?    

–Qamoqni o‘tash rejimini ta’minlash majburiyatlarini bajarayotgan ichki ishlar organlarining safdorlar, serjantlar va ofitserlar tarkibidagi shaxslari maxsus qabulxona xodimlari hisoblanadi. 

– Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs qarindoshlari yoki advokati bilan ko‘risha oladimi?    

– Albatta, maxsus qabulxona ma’muriyati va xodimlari ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga advokat, qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan uchrashuvlar berishi shart. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018 yil 14 avgustdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalarning ichki tartib” qoidalarining 126-bandiga muvofiq maxsus qabulxonada ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga himoyachisi, qonuniy vakili, qarindoshlari hamda boshqa shaxslar bilan uchrashuvlar beriladi. Himoyachi va qonuniy vakil bilan moneliksiz va xoli uchrashuvlar ularning soni hamda davom etish muddati cheklanmagan holda beriladi. Qoidalarning 134 bandiga asosan advokatning himoya ostidagi shaxs bilan audio va video kuzatuv qurilmalari bo‘lmagan maxsus xonada hamda begona shaxslarning ishtirokisiz o‘z vaqtida va hech qanday to‘siqlarsiz uchrashishi ta’minlanadi.  

Bunda advokat va himoya ostidagi shaxsning suhbatini uchinchi shaxslar eshitishini istisno etgan holda ularni vizual ko‘rib turish imkoniyati saqlab qolinadi. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning o‘z himoyachisi va qonuniy vakili bilan uchrashuvlari maxsus qabulxona xodimi ularni ko‘rib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda, maxsus qabulxonaning uchrashuv xonasida o‘tkaziladi.    

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’muriy qamoqqa olish muddati qancha vaqtgacha qo‘llaniladi?