Munosabat

Olimpiya o‘yinlari sport musobaqalarining cho‘qqisi bo‘lib, unda ishtirok etish har bir sportchi uchun yuksak sharaf hisoblanadi. Shuningdek, har bir davlat Olimpiya o‘yinlarida o‘z vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etishini katta voqea,  deb biladi, bundan cheksiz faxr va iftixor his etadi.

Keyingi yillarda o‘zbekistonlik sportchilar ham Olimpiada o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Yutuqlar ko‘payib borar ekan, sportchilarni rag‘batlantirish, ishtirokchilar sonini ko‘paytirishga ham davlat darajasida e’tibor qaratilmoqda.

Mamlakatimizda boshqa sport turlari kabi taekvondo ham jadal rivojlanmoqda. 2004, 2008, 2012, 2016 va 2021 yillardagi Olimpiya o‘yinlarida taekvondo bo‘yicha 15 ta litsenziya qo‘lga kiritilgan. "Tokio – 2020" Olimpiya o‘yinlarida Ulug‘bek Rashitov ilk bor oltin medalga ega bo‘ldi. Shuningdek, 2017-2022 yillardagi boshqa xalqaro musobaqalarda taekvondo bo‘yicha jami 62 ta medal qo‘lga kiritildi.

Yaqinda Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Osiyo chempionatida taekvondochilarimiz tarixiy natija qayd etib, umumjamoa hisobida erkaklar o‘rtasida ilk bor birinchi o‘rinni egalladi. E’tiborlisi, hozirda taekvondo bilan mamlakatimizdagi  332 ta  sport  maktabining 2 060 ta guruhida muntazam shug‘ullanayotgan sportchilar soni qariyb 23,1 mingni tashkil etadi. Shulardan 8 405 nafari yoki 36,4 foizi ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.  

Sportchilarimiz "Parij – 2024" Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga taekvondo va parataekvondo bo‘yicha 8 ta litsenziyani qo‘lga kiritishni rejalashtirgan.  

Davlatimiz rahbarining yaqinda imzolangan “Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham minglab sportchilar va ularning murabbiylari, ota-onalari uchun motivatsion hujjat bo‘ldi, deb aytish mumkin.

Qarorda belgilanganidek, 2023 yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda taekvondo bo‘yicha respublikaning barcha hududlarida 4 sentyabr kuni – Butunjahon taekvondo kuniga bag‘ishlangan taekvondo festivali, taekvondo va parataekvondo bo‘yicha “G2” darajasidagi nufuzli “Uzbekistan Open” xalqaro turniri, umumta’lim, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari o‘quvchi va talabalari o‘rtasida “Vazir kubogi” musobaqalari o‘tkaziladi.  

Belgilanganidek, ushbu sport turini ilmiy asosda rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi huzurida Butunjahon “Kukkivon” taekvondo akademiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston taekvondo akademiyasi tashkil qilinadi. Shuningdek, Bo‘stonliqdagi Oqtosh qishlog‘ida O‘zbekiston taekvondo akademiyasi uchun sport bazasi barpo etiladi.

Qarorga muvofiq, 2023-2024 yillarda har bir hududda 14 ta ixtisoslashtirilgan taekvondo markazi ochiladi va jihozlanadi. Markaz mutaxassislari tomonidan umidli yoshlar tanlab olinadi va milliy terma jamoalarning tarkiblariga professional sportchilar tayyorlanadi.  

Shuningdek, mazkur hujjat bilan 2022-2024 yillarda taekvondoni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dasturga ko‘ra, O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi huzurida 19 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun respublika professional klubi tashkil etiladi. Yana bir muhim jihat, bog‘chalarda “Kids taekvondo” loyihasi ishga tushiriladi, “Taekvondo (WT) hamma uchun” dasturi amalga oshiriladi hamda Janubiy Koreya, Xorvatiya, Xitoy, AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Serbiya, Italiyaning ilg‘or tajribasi amaliyotga joriy qilinadi.

Xulosa qilib aytganda, davlatimiz rahbarining mazkur qarori mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, yuzlab nomdor sportchilarni kashf qilish, murabbiylarning mashaqqatli mehnatini yuzaga chiqarishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Bektosh RAHMATOV,
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va 
sport universiteti Taekvondo, karate nazariyasi va 
uslubiyati kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzi yanada oshadi