11 noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni

Poytaxtimizdagi “Chinobod plaza” sanatoriysi hududida yangi barpo etilgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari majlislar zalida 11 noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan ko‘p yillardan beri mamlakat kasaba uyushmalari tizimida mehnat qilib, bugungi kunda ham yosh avlod kamolotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan kasaba uyushma faxriylari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, uning hududiy kengashlari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari, tasarrufdagi tashkilotlar mutasaddilari, Respublikamiz hududlaridan tashrif buyurgan kasaba uyushma faxriylari, Federatsiya tomonidan o‘tkazilgan qator tanlovlar g‘oliblari qatnashdi.  

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov ishtirokchilarni mamlakatimizda keng nishonlab kelinayotgan 11 noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan qutlab, yurtimizda kechayotgan yangilanish jarayonlarini xalqaro hamjamiyat vakillari va ekspertlar ham e’tirof etayotganini ta’kidladi.  

Aytish kerakki, mamlakatimizdagi tub ijobiy o‘zgarishlar jarayonida eng yirik jamoat tashkiloti bo‘lgan kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, ijtimoiy sheriklik va muloqot tamoyillari asosida mehnat ahlining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat huquqlarini himoyalash bilan birga, aholi turmush farovonligini oshirish, bandlikni ta’minlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.  

Bunga oxirgi 7-8 yil davomida davlat, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o‘rtasida tripartizm shaklidagi ijtimoiy sheriklikning yuqori bosqichga ko‘tarilgani ham yorqin dalildir. Buning natijasida “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi yangi qonun qabul qilindi. Prezidentimiz tashabbusi bilan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.  

Federatsiya tizimida Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi tashkil etildi. Shuningdek, Malaka oshirish instituti, O‘zbekiston kasaba uyushmalari tarixi muzeyi, Bolalarni sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko‘maklashish jamg‘armasi, Bolalarning dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish Departamenti tashkil qilindi.  

Tizimda mavjud 18 ta bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi soni 107 taga yetkazildi. 2016 yilda kasaba uyushmalari tizimida 17 ta sanatoriy faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugun ularning soni 32 taga yetdi. Jahon standartlariga to‘la javob beruvchi “Kasaba uyushmalari suv sporti saroyi” foydalanishga topshirildi. Yana bir muhim jihat, oxirgi yillarda kasaba uyushma a’zolari soni 7 million nafardan oshdi.

Kasaba uyushma mutaxassislari va faollarining salohiyatini oshirish borasidagi ishlar natijasida kuni kecha mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovlar natijalariga ko‘ra 52 nafar kasaba uyushma xodimlari va faollari tuman va shahar kengashlariga, 17 nafar kasaba uyushma xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga deputatlikka saylandi. Bu xalqimizning kasaba uyushmalariga bo‘lgan ishonchi ortib borayotganidan dalolat.

Ushbu erishilgan natijalar O‘zbekiston kasaba uyushmalari tarixida yangi sahifani boshlab berdi. Shuni ham qayd etish zarurki, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ishchi guruhi mamlakatimizdagi faxriylar, kasaba uyushmalari tarixi bilan shug‘ullangan olimlar, tarixchilar bilan ish olib borish barobarida, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib, arxiv materiallari asosida mamlakatimizda kasaba uyushmalarining ilk qaldirg‘ochlari 1905 yilda paydo bo‘lganini isbotlovchi asosli dalillarni topdi.  

Ayni kunda 2025 yilda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligini keng nishonlashga keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari bormoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda kasaba uyushmalari faoliyati samaradorligini oshirish, ishchi-xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, haq-huquqlarini himoya qilishning samarali tizimlarini joriy etish kabi yo‘nalishlarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tantanali tadbirda anjumanga taklif etilgan, kasaba uyushmalari tarixida o‘ziga xos o‘rin tutgan va soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh fidoyi kasaba uyushma faxriylariga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi “Faxriy yorlig‘i” va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Keyingi yillarda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan yakunlanayotgan yilning sarhisobi sifatida o‘zining munosib mehnatlari bilan Vatanimiz ravnaqiga, xalqimiz farovonligiga, shuningdek, kasaba uyushmalari harakati rivojiga munosib hissa qo‘shgan eng faol, fidoyi va tashabbuskor insonlar mehnatini e’tirof etish an’anaga aylandi.  

O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan kasaba uyushmalari faxriylari bilan uchrashuv tadbiri doirasida Vatanimiz ravnaqi yo‘lida bor imkoniyatlarini ishga solib, fidokorona mehnat qilayotgan insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni munosib rag‘batlantirish, ko‘p yillik ilg‘or ish tajribasiga ega bo‘lgan insonlarni e’zozlash maqsadida Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan amalga oshirilgan turli ijtimoiy loyihalar va ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari ham taqdirlandi.

Dastlab “Eng yaxshi ijtimoiy sherik” nominatsiyasi g‘oliblari munosib taqdirlandi. “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish” yuzasidan o‘tkazilgan respublika ko‘rik-tanlovi hamda Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Mehnat huquqi yoshlar nigohida” tanlovi g‘oliblariga mukofotlar topshirildi.

Shundan so‘ng bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari o‘rtasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari, xususan, «Eng namunali oromgoh rahbari», “Eng namunali oromgoh”, “Eng namunali katta tarbiyachi”, Eng namunali tarbiyachi”, “Eng namunali yetakchi”, “Eng namunali to‘garak rahbari, “Eng faol hududiy kasaba uyushmalari Kengashi”, “Eng faol tarmoq kasaba uyushmalari Kengashi”, “Eng faol hamkor tashkilot” nominatsiyalari g‘oliblari rag‘batlantirildi.

Quvonchli lahzalar “Eng yaxshi sanatoriy” nominatsiyasi g‘olibini taqdirlash bilan davom etdi. Shuningdek, “Eng yaxshi sport murabbiysi”, “Eng yaxshi sportchi”, “Eng yaxshi quruvchi”, “Eng yaxshi jurnalist”, “Eng yaxshi shifokor”, “Eng yaxshi hamshira”, “Eng yaxshi qurilish muhandisi”, “Eng yaxshi oshpaz”, “Eng yaxshi servis xizmati ko‘rsatish xodimi”, “Eng yaxshi loyihachi”, “Eng yaxshi moliyachi”, “Eng yaxshi mehmonxona rahbari”, “Eng yaxshi o‘qituvchi”, “Eng namunali talaba”, “Eng yaxshi ish boshqaruvchi”, “Yashil makon fidoyisi” nominatsiyalari g‘oliblari mukofotlandi.

Barcha ko‘rik-tanlovlar va nominatsiyalar g‘oliblariga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi diplomi va bayram sovg‘alari topshirildi.

Bayram tadbiri yakunida kasaba uyushma faxriylari va faollar, tanlovlar g‘oliblari ham o‘z fikr-mulohazalari va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizdagi yangilanish jarayonida kasaba uyushmalari ham faol qatnashmoqda