Anomal issiq fonida O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli 2022 yilning yoz hamda 2023 yilning iyun oyidagi rekord ko‘rsatkichlarni yangiladi.

Energetika vazirligi axborot xizmatining xabar qilishicha, 2023 yil 26 iyulda respublika bo‘yicha elektr energiyasi iste’moli 250,7 million kilovatt soatni tashkil etdi. 2022 yilning xuddi shu kunida jami 236,9 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlatilgan bo‘lib, kechagi ko‘rsatkich avvalgi yildagidan 5,8 foiz ortiq bo‘ldi. 

Bundan oldin 2023 yil 12 iyul kuni respublika bo‘yicha jami iste’mol 247,5 million kilovatt soatni tashkil etib, rekord ko‘rsatkich yangilangan edi.  

Shu bilan birga, 26 iyul kuni elektr energiyasi iste’molining soatlik talabi qariyb 12 300 MVtni tashkil qildi. Bu 2022 yilning shu kundagi holatiga nisbatan 1 500 MVt (+14,1 foiz) ko‘pdir.  

Ma’lumot uchun, 2022 yilda maksimal elektr energiyasi iste’moli 27 iyulda qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 239 million kilovatt soatni, kunduzgi iste’mol quvvati 10 800 MVtni tashkil qilgan.  

Energetika tizimidagi elektr stansiyalari tomonidan kunlik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 243,9 million kilovatt soatni tashkil etdi. Bu 2022 yilning shu kungi holatiga nisbatan 21,5 million kilovatt soatga (9,6 foiz) ko‘pdir.  

Eslatib o‘tamiz, yurtimizda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo elektr uzatish tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 25 foizgacha pasayishiga olib keladi. Bu, birinchi navbatda, tarmoqlarning fizik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, bunday hollarda zarur chora sifatida tarmoqda majburiy cheklov kiritilmasa, yirik hajmdagi avariyalarga sabab bo‘lishi hech gap emas.  

Iste’molchilardan tarmoqda keng ko‘lamli nosozliklar yuzaga kelishining oldini oladigan, ancha uzoq vaqt tuzatishni talab qiladigan holgacha yetib bormaslik uchun qisqa muddatga elektr energiyasini uzib turishga to‘g‘ri keladigan bunday zaruriy choralar bugun o‘ta muhim ekanligini to‘g‘ri tushunishlarini va qo‘llab-quvvatlashlarini so‘raymiz.  

Qat’iy tejamkorlikka amal qilib, zarurat bo‘lmagan hollarda elektr asboblaridan foydalanmaslik orqali ham barchamiz tizimda yuklamaning ortishini, avariyalar va uzilishlarning ko‘plab sodir bo‘lishini oldini olishga katta hissa qo‘shamiz, deyiladi vazirlik xabarida.  

N.Ziyodullayeva tayyorladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi