Bugun bir guruh OAV vakillari Toshkent viloyatidagi energiya tejamkor 3D panel va suyuq gulqog‘ozlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "ICHANKI-LongYong" mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi va "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda energiya tejamkor qurilish materiallarini ishlab chiqarishni kengaytirish masalalariga ahamiyat qaratildi. 

Avvalo, matbuot anjumani tashkil qilinib, korxona rahbari Aziz Hojiyev investitsiya loyihasi, mahsulot turlari va sifati, ishlab chiqarish jarayoni va quvvati, eksport yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berdi. 

Aziz Hojiyevning ta’kidlashicha, 2022 yilda tashkil etilgan “ICHANKI-LongYong” MCHJning umumiy loyiha qiymati 3 million dollarni tashkil etadi. 

[gallery-23651]

– Korxona Xitoyning eng so‘nggi rusumdagi texnologiyalari bilan jihozlangan. Bu yerda yiliga 4 million kvadrat metr 3D panel va 7,5 million kvadrat metr suyuq gulqog‘oz ishlab chiqarish quvvati mavjud. Mahalliy aholi uchun 100 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Korxona mahsulotlari yuqori sifatli, to‘liq sertifikatlangan va xalqaro standartlarga javob beradi. Hozirda tayyor mahsulotlar Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Rossiyaga eksport qilinmoqda. 2024 yilda 500 ming dollarlik eksport amalga oshirildi, joriy yilda esa bu ko‘rsatkichni 1 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan, – dedi A.Hojiyev. 

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, 3D panellar qish faslida isitish xarajatlarini, yozda esa sovitish xarajatlarini kamaytiradi. Ularning asosiy ko‘pikli tuzilmasi issiqlik va sovuqlikni ushlab turib, qishda elektr yoki gaz pechlari orqali chiqadigan issiqlik yo‘qotilishini 5-7 foizga kamaytiradi, yozda esa quyosh nurlarining devorni qizitishini sekinlashtirib, konditsioner yuklamasini pasaytiradi. 

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov aytib o‘tganidek, bu kabi tadbirlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatlarini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyatga ega. 

– Biz qurilish sohasida innovatsion, energiya tejamkor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga katta e’tibor qaratyapmiz. Press-tur davomida jurnalistlar 3D panellar va suyuq gulqog‘ozlar ishlab chiqarish jarayoni, ularning xomashyosi, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va korxonaning kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Shuningdek, korxona shourumida sinov jarayonlari amaliy namoyish etilib, jurnalistlar mutaxassislardan qiziqtirgan barcha savollariga javob oldi, – dedi J.Shermetov. 

N.Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimizda energiya tejamkor 3D panellari ishlab chiqarilmoqda