Mamatov Nurbek Ziyodullayevichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Sho‘rlangan kam bog‘langan gruntli meliorativ kanallarning yuvilish jarayonini tadqiq qilish” mavzusida
Mamatov Nurbek Ziyodullayevichning 05.09.07– “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” texnika fanlari ixtisosligi bo‘yicha “Sho‘rlangan kam bog‘langan gruntli meliorativ kanallarning yuvilish jarayonini tadqiq qilish” mavzusida tayyorlagan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil 30 noyabr soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 180100, Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 225-uy., QarMII, Bosh bino, 1-239 xona.
Tel/faks: (99875) 221-09-23; (99875) 224-13-95
e-mail: qmii@qmii.uz, kiei_info@edu.uz