Mamatkulova O‘g‘ilxon Odilovnaning kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Sarimsoqpiyoz va piyoz asosida xalq tabobatida foydalanish uchun tovarlar olish va ularni sinflash” mavzusida
Mamatkulova O‘g‘ilxon Odilovnaning “02.00.09 – Tovarlar kimyosi” va “14.00.41 - Xalq tabobati” (kimyo fanlari) ixtisosliklari bo‘yicha “Sarimsoqpiyoz va piyoz asosida xalq tabobatida foydalanish uchun tovarlar olish va ularni sinflash” mavzusidagi kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05 raqamli ilmiy kengashning 2025 yil 5 may kuni soat 10.00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 170100, Andijon shahri, Universitet ko‘chasi 129-uy, Andijon davlat universiteti yangi binosi kengashlar zali.
Tel.: (74) -223-88-30. Faks: (74) -223-84-33
e-mail: agsu_info@edu.uz