San’at butun dunyo xalqlari uchun umumiy bir til va insoniyat taraqqiyotining eng go‘zal hodisasidir. Rassomchilik, miniatyura va xattotlik san’atida ushbu go‘zallik eng yaxshi bir shaklda mujassam bo‘ladi.

XV-XVI asrlarning atoqli rassomi Kamoliddin Behzoddan meros qolgan asarlar bunga yaqqol dalildir. U ajdodlar merosidan, o‘zigacha bo‘lgan san’atkorlarning asarlaridan yuksak darajada xabardor bo‘lgan va o‘z davridagi jarayonlarga mutanosib ravishda miniatyura san’atida yangi bir uslub yaratdi.  

Miniatyura adabiyot, irfon, antropologiya va jamiyatshunoslik bilan bog‘liq bo‘lib, davr muhiti va insoniyat ichki kechinmalarini ham aks ettira olishi bilan ajralib turadi.  

Bugun poytaxtimizdagi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida Eron Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston va Eron zamonaviy miniatyura asarlari ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Ko‘rgazma ochilishida so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinov xalqimiz bir muddat uzoqlashib qolgan miniatyura san’atining ildizlari Erondan boshlanishini ta’kidladi. bugungi kunga kelib mazkur uslubdagi san’at asarlari yurtimizda qayta jonlanayotgani, ushbu yo‘nalishda ijod qiluvchi yoshlar kashf etilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.  

«Ma’lum bir davrda biz miniatyuraga qo‘l urmadik, uzoqlashtirildik, bizni manqurt qilish uchun shunday yo‘l tutildi. O‘z vaqtida mustaqillikka erishganimiz sabab san’at va madaniyat tiklandi. Miniatyura va xattotlik bilan shug‘ullanuvchi ustozlar shakllandi. Miniatyura san’ati bilan bog‘liq masalalarda biz albatta Eron elchixonasi bilan hamkorlikda ish olib boramiz. Kelgusida ham bu borada yaxshi rejalarni amalga oshiramiz», dedi Akmal Nuriddinov. 

«Xattotlik va miniatyurani alohida san’at sifatida bo‘lishini istaydiganlar ham bor, ammo men uni bir-biri bilan bog‘liq, deb hisoblayman. Prezidentimiz ham xattotlik san’ati rivoji uchun ko‘plab maslahatlar berdi. Bibixonim madrasasi bo‘ladimi, Amir Temur maqbarasimi, Buxorodagi Minorai kalonmi yoki boshqa-boshqa madrasalarimizning deyarli barchasining peshtoqida xattotlik yozuvlarini ko‘rishimiz mumkin. Lekin ming afsuski, biz uni o‘qiy olmaymiz. Shaxsan men o‘qiy olmayman, ajdodlarimiz qoldirgan merosni o‘qiy olmasak, tushuna olmasak, demak, bu – savodsizlik», deya ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi badiiy akademiyasi raisi.  

Tadbirda so‘zga chiqqan Eron Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Hamid Nayyirobodiy atoqli rassom Kamoliddin Behzod haqida so‘zlar ekan, u o‘z davrining intellektual muhitini namoyish etishda Alisher Navoiyning ijodiy merosini, Abdurahmon Jomiy bilan bo‘lgan munosabatlardagi idealistik va gumanistik qarashlarini alohida e’tirof etgan, deya qayd etadi.  

«Elchixonamiz mazkur ko‘rgazmaga Eron miniatyurachi rassomi Mahmud Farshchiyon asarlaridan ayrimlarini to‘plab, namoyish etishni istadik. Anjuman tashkilotchilariga bu boradagi hamkorlik uchun minnatdorlik bildiraman», dedi Hamid Nayyirobodiy.  

Ko‘rgazmaning ochilish marosimi san’at va madaniyat vakillarining kuy-qo‘shiqlari bilan yanada fayzli tus oldi.  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Ma’lum bir davrda biz miniatyuraga qo‘l urmadik, uzoqlashdik»