Malina yetishtirish – qishloq xo‘jaligida foydali va daromadli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Qani qishlog‘ida yashovchi No‘’mon Xudoyqulov ham aynan shu yo‘nalishda muvaffaqiyatli ish olib bormoqda. 6 sotix tomorqasida malina yetishtirib, yaxshigina daromad topmoqda.

No‘’mon Xudoyqulov malina mevasidan tayyorlangan murabboga ishtiyoqmand bo‘lgani bois bundan o‘n yil avval 50 tup ko‘chatini olib kelib tomorqasining bir chetiga ekadi va parvarishlay boshlaydi. Mehr to‘la e’tibordan bahramand bo‘lgan malina butalari baravj o‘sib hosilga kiradi. Uning turmush o‘rtog‘i Zebo Jo‘rayeva malina yetishtirishga alohida e’tibor qaratadi. Shu-shu havasaki boshlangan malinachilik oila uchun yaxshigina daromad keltiradigan tarmoqqa aylanadi.  

– Ayniqsa, nafaqaga chiqqach, chuqurroq shug‘ullana boshladik, – deydi No‘’mon Xudoyqulov. – Ko‘chatlarini ko‘paytirib, ekin maydonini 6 sotixga yetkazdik. Bir mavsumda ikki marta hosil olamiz. May oyining oxiridan avgustning oxirigacha malina teramiz. Xaridorlar uydan kelib olib ketishadi.  

Dehqonning ta’kidlashicha, malina yetishtirishda yerning unumdorligi juda muhim. Shu bois doimiy ravishda mahalliy o‘g‘it bilan boyitib turilishi kerak. Ushbu rezavor meva suvni ko‘p talab qiladi. Bu ham agrotexnikadagi muhim jihat hisoblanadi.  

[gallery-24310]

– Erta tongdan malinazorga kirib mehnat qilamiz, – deydi bog‘bonning turmush o‘rtog‘i Zebo Jo‘rayeva. – Qurib qolgan va ortiqcha novdalarini qirqamiz, begona o‘tlarini yulamiz. Osilib qolgan shoxlarini simbag‘azga ildirib chiqamiz va hokazo. Keksalik, uyda boshqa qiladigan ish ham yo‘q. Bor e’tiborimizni tomorqadagi ekinlarga qaratamiz. Ko‘rib turganingizdek natijalar yomon emas.  

Malina terimi odatda may oyidan sentyabr oyigacha davom etadi. Bu vaqt mobaynida bog‘bon har mavsumda taxminan 800-1000 kilogrammgacha malina terib oladi. Bu miqdor kichik tomorqada ham yaxshi hosil olish mumkin ekanini ko‘rsatadi. Joriy yilda malinaning narxi ham ko‘tarilgan bo‘lib, boshlanishida 40 ming so‘mdan sotilgan bo‘lsa, hozirgi kunda uning narxi 70 ming so‘mga yetgan. Bu bozorda malinaga talabning ortganini anglatadi.

Malina yetishtirish nafaqat shaxsiy ehtiyojlarni qondirish, balki qo‘shimcha daromad manbai ham bo‘lishi mumkin. No‘’mon Xudoyqulov faoliyati bunga yaqqol misol. U malina yetishtirish orqali kichikkina tomorqasidan 50 million so‘mgacha daromad olmoqda.

Aytish joizki, malina mevasi nafaqat xaridorgir, balki juda shifobaxshdir. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi mevasi, quritilgani, murabbosi va bargi gripp, shamollash kabi xastaliklarni davolashda eng samarali vosita sifatida foydalaniladi. Shuningdek, ushbu rezavor meva gastrit, kamqonlik, gipertoniya, yurak qon-tomir xastaliklarini davolashda ham qo‘llaniladi.  

No‘’mon Xudoyqulov ta’kidlaganidek, yurakdan mehnat qilinsa, albatta rohati ham bo‘ladi. Endi nafaqaga chiqdim, dam olishim kerak, deb yotib olmadi, qaytanga tomorqasidagi ekinlarga har qachongidan-da ko‘proq e’tibor qarata boshladi. Bu orqali ham madaniy hordiq olib, sog‘lomlikka erishmoqda, ham mo‘maygina daromad qilib, oila byudjetiga kiritmoqda.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/tfMkuJc6COM?si=Y2eQ2T3NNluvVA78" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malina ham shifobaxsh, ham xaridorgir meva