"Malibu"dagi pirotexnika vositalari ushlab qolindi
Bugun - 29 noyabr kuni soat 16:30 larda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani hududidan o‘tuvchi 4R-46 avtomobil yo‘lining 7-kilometrida yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan "Malibu" rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, transport vositasi yukxonasida 3000 quti pirotexnika vositalari olib ketilayotganligi aniqlangan.
Samarqand viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi va aniqlangan vositalar tuman IIBga topshirilgan.
O‘zA