Mali xorijliklarga viza nazorati kuchaytiriladi
Mali hukumati mamlakatning barcha elchixona va konsullik bo‘limlariga xorijliklarga viza berishni nazoratga olish bo‘yicha topshiriq berdi.
yaKeyingi haftalarda Malining Yevropadagi qator davlatlar bilan munosabati keskinlashdi.
Jumladan, 31 yanvarda Fransiyaning Malidagi elchisiga davlatdan chiqib ketish talabi qo‘yildi. “Journal du Mali” xabariga qaraganda, vaziyat Parij Mali hukumatini mazkur oyda prezidentlik saylovlarini o‘tkazishdan bosh tortgani uchun tanqid qilganidan so‘ng keskinlashdi.