Toshkent shahar hokimligida Malayziyaning "AWC Berhad" kompaniyasining rivojlanish bo‘yicha direktori Muhammad Ihson Anvar Bin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov poytaxtda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, yaratilgan qulay investitsiya muhiti haqida batafsil ma’lumot berdi. Xorijiy investorlarga taqdim etilayotgan sharoit va kafolatlarga alohida e’tibor qaratildi. Suv ta’minoti, kommunal xo‘jalik va qurilish sohalaridagi joriy hamda istiqbolli loyihalar taqdim etildi.   

Malayziya tomoni bir qator yo‘nalishlarda, xususan, poytaxt transport tizimini rivojlantirish, qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash loyihalari, logistika markazini barpo etishda ishtirok etishga qiziqish bildirdi. Takliflar orasida sayyohlik ob’ektlarini qurish, jumladan, hashamatli brendlarni jalb etish va Toshkent temir yo‘l vokzallarini qayta qurish bo‘yicha g‘oyalar ham ilgari surildi.   

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli asosda tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishga tayyor ekanliklarini bildirdi.   

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Malayziya bilan hamkorlikda sayyohlik ob’ektlarini qurish masalalari muhokama qilindi