Malayziya bilan hamkorlik ko‘lami kengaymoqda
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Malayziyada bo‘lib, investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri Zafrul Abdul Aziz, din ishlari vaziri Muhammad Naim bin Mohtar, Markaziy bank raisi Dotuq Abdul Rashid G‘afur va boshqa rasmiy shaxslar, hukumat a’zolari, mutasaddi rahbarlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Tashrif doirasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi hamda yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan muloqot ham bo‘lib o‘tdi.



Tomonlar Malayziya Bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari, xususan moliya, savdo va sarmoyaviy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish istiqbolini ko‘rib chiqdilar. Ushbu davlat yirik ishbilarmonlari bilan gaz-kimyo, avtomobilsozlik, oziq-ovqat, elektrotexnika va sopol mahsulotlar, qishloq xo‘jaligi uchun maxsus uskunalar ishlab chiqarish, tibbiyot, IT va raqamlashtirish yo‘nalishlarida investitsiya loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur tadbirlar belgilandi.
O‘zA