Malaka va kasbiy salohiyat xalqaro mehnat bozorida yangi imkoniyatlar kaliti
Prezident taşrifidan söng...
Insonning mehnat qilişi, öz kasbi orqali daromad topişi va oilasi farovonligini taʼminlaşga intilişi zamirida, şubhasiz, yaxşi hayotga bölgan umidlar mujassam. Bugun fuqarolarimizga ana şu maqsadlarini röyobga çiqariş uçun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, yurtimizda bilim va kasb egalarining öz salohiyatini dunyo sahnasida namoyon etişi hamda xalqaro mehnat bozorida munosib örin egallaşi uçun barça şaroit kengaymoqda. Albatta, bu borada faqat istakning özi kifoya qilmaydi. Zamon talabiga mos kasb, puxta malaka, xorijiy tillarni biliş hamda xavfsiz va qonuniy mehnat kafolati ham muhim ahamiyatga ega.
Jahon mehnat bozorida bilimli va malakali mutaxassislarga bölgan ehtiyoj hamişa yuqori bölib kelgan. Statistik maʼlumotlarga köra, bugungi kunda dunyo böyiça 168 million kişi xorijda mehnat qilmoqda. Bir tomondan, qator mamlakatlarda işçi kuçiga talab ortib borayotgan bölsa, ikkinçi tomondan, yurtimizda ham xalqaro tajriba orttiriş istagidagi fuqarolarimiz talaygina. Demak, bu boradagi global talab va içki taklifni özaro uyğunlaştiriş, yurtdoşlarimizni maqsadli tarzda aniq iş örinlariga tayyorlaş har tomonlama foydalidir.
Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 2-noyabr kuni mehnat migratsiyasi sohasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan ötkazilgan yiğilişda aynan şu masalalar markaziy mavzuga aylandi. Yiğilişda xalqaro mehnat bozori taqdim etayotgan imkoniyatlarni töliq işga soliş, fuqarolarni bozor talablariga mos kasb-hunar va çet tillariga örgatiş hamda ular uçun xavfsiz va munosib mehnat şaroitlarini kafolatlaş böyiça ustuvor vazifalar belgilandi.

Yiğilişda tilga olingan birgina raqamning öziyoq sohadagi haqiqiy manzarani yaqqol körsatib beradi: joriy yilning özida Germaniyadan 45 ming nafar mutaxassisga buyurtma kelib tuşgan bölsa-da, amalda atigi 2 ming nafar yurtdoşimiz işga joylaşgan, xolos. Buning boş sababi, nemis tilini mukammal biladigan malakali kadrlarning yetişmasligidir. Mazkur holat xorijda işlaş istagini şunçaki orzu emas, balki aniq kasbiy mahorat va til könikmalari bilan mustahkamlaş, taʼlim tizimini esa töğridan-töğri xorijlik iş beruvçilar ehtiyojiga moslaştiriş zarurligini anglatadi.
Şu bilan birga, bugun nafaqat Yevropa, balki Osiyo bozorida ham yangi imkoniyatlar eşigi oçilmoqda. Xususan, Özbekiston va Yaponiya örtasidagi mehnat migratsiyasi yönalişidagi hamkorlik yil sayin amaliy mazmun kasb etmoqda. Bunga yaqqol misol sifatida Yaponiyaning kuçli brendi hisoblangan “Onodera User Run” kompaniyasi bilan yölga qöyilgan şeriklikni keltiriş mumkin. Uşbu hamkorlik doirasida yurtdoşlarimizni haydovçilik, hamşiralik (parvariş) va umumiy ovqatlaniş sohalari böyiça yapon tili hamda kasbiy standartlarga mos ravişda tayyorlaş dasturlari muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.
– Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan ötkazilgan yiğilişda Özbekiston hukumati fuqarolarni xorijda barqaror va xavfsiz iş örinlari bilan taʼminlaş masalasiga qançalik katta eʼtibor qaratayotganiga guvoh böldim, – dedi Yaponiyaning “Onodera User Run” kompaniyasi direktori Jun Kato. – Bu borada amalga oşirilayotgan tizimli işlar va istiqbolli rejalar bizda juda katta qiziqiş uyğotdi. Şu bois, Özbekistondan Yaponiyaga işçi kuçini jalb etiş kölamini yanada kengaytiriş, ayniqsa, haydovçi kadrlarni tayyorlaşni köpaytiriş taşabbusi bilan çiqdik. Bu maqsadga erişiş uçun mamlakatingizda Yaponiya tajribasi va öqitiş usullari asosida faoliyat yuritadigan maxsus avtomaktab taşkil etişni rejalaştiryapmiz. Kelgusida Özbekiston va Yaponiya örtasidagi döstona aloqalar yanada mustahkamlanib, hamkorligimiz yangi bosqiçga çiqişiga işonaman.
Navbatdagi muhim qadam – nufuzli xorijiy iş beruvçilar bilan mana şunday töğridan-töğri hamkorlikni kuçaytirişdir. Bu esa, öz navbatida, zamon talab qilayotgan kasblar böyiça yuqori malakali kadrlarni tayyorlaşni taqozo etadi. Mazkur jarayonda taʼlim, kasbiy könikma va işga joylaştiriş bosqiçlarini bir-biriga mustahkam boğlaydigan markazlarning örni beqiyosdir. Toşkent şahrining Uçtepa tumanida faoliyat yuritayotgan “Intil” xalqaro til va kasb markazi aynan şunday ezgu maqsadga xizmat qilib kelmoqda. Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning 2-noyabr kuni uşbu markazga taşrifi hamda u yerda yaratilgan şaroitlar bilan bevosita tanişgani mazkur yönalişdagi islohotlarning amaliy ifodasi böldi.

Qariyb 3,5 gektar maydonni egallagan uşbu zamonaviy majmuada xorijda işga joylaşiş bilan boğliq barça jarayonlar “yagona tizim” asosida taşkil etilgan. Bu yerda fuqaroning dastlabki murojaati va maslahat olişidan tortib, til hamda kasb örganişi, imtihon topşirişi va xorijga yöl olişigaça bölgan barça bosqiçlar bir manzilda – markazning özida amalga oşiriladi.
Majmuaning front-ofisida fuqarolarga konsalting xizmatlari körsatilib, viza masalalarida yaqindan kömaklaşilmoqda. Markazda xalqaro mehnat bozorida eng xaridorgir bölgan nemis, ingliz, yapon, koreys, çex, polyak, italyan va slovak tillari çuqurlaştirilgan holda örgatiladi. Kasbiy tayyorgarlik esa 12 ta asosiy yönalişni qamrab olgan. Tinglovçilar tibbiyot (palata hamşirasi), payvandçilik, elektr va santexnika işlari, ombor logistikasi, quriliş, mehmonxona va restoran xizmati hamda oşpazlik kabi yuqori daromadli sohalar böyiça ham nazariy, ham amaliy könikmalarni puxta egallamoqdalar.

– Markazimizda xorijda faoliyat yuritiş istagida bölgan yurtdoşlarimizning malakasini maqsadli va manzilli ravişda oşirib boramiz, – dedi “Intil” xalqaro til va kasb markazining elektromontaj yönalişi ustozi Madinabonu Davlatjonova. – Maqsadli tayyorgarlik deganda, barça tinglovçilarga bir xil, umumiy dastur asosida taʼlim berişni emas, balki har bir xorijlik iş beruvçining aniq talab va ehtiyojlaridan kelib çiqib, maxsus öquv rejalarini işlab çiqişni nazarda tutamiz. Şu asosda fuqarolarning mavjud tajribasini çarxlaymiz yoki ularni butunlay yangi kasbga qayta tayyorlaymiz. Markazimiz yaqinda iş boşlaganiga qaramay, allaqaçon Germaniyaning nufuzli “RRG” kompaniyasi tomonidan qariyb 200 ta iş örni uçun buyurtma oldik. Ayni paytda uşbu talab asosida, pilot loyiha doirasida dastlabki nomzodlarni puxta tayyorlaşni boşlab yuborganmiz.
Xulosa örnida aytganda, bugun mehnat migratsiyasi sohasidagi yangi va zamonaviy yondaşuv fuqarolarni şunçaki xorijga yuboriş emas, balki ularni aniq iş örinlari va iş beruvçilarning yuqori standartlariga mos ravişda tayyorlaşni nazarda tutadi. Bu tizimli islohotlar zamirida esa yagona va uluğvor maqsad mujassam, har bir yurtdoşimizning xorijda qonuniy, xavfsiz va munosib şaroitlarda mehnat qilişini taʼminlaş, ularning barqaror daromad topib, öz oilalari farovonligiga hissa qöşişlariga kömaklaşişdir.
Marhabo HOJIAKBAROVA,
ÖzA