Kadastr xodimlari tomonidan 2022 yilda Qashqadaryodagi mavjud yer maydonlarining 2,5 million gektari Uz kad tizimiga kiritilib, elektron xaritasi yaratilgan edi. Joriy yilda Qashqadaryodagi maktablarning kadastr ma’lumotlarini Uz kad tizimiga kiritish belgilangan.
– Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi maktablarning mavjud kadastr ma’lumotlarini mazkur tizimga kiritish ishlari boshlab yuborildi, – deydi Boshqarmaning mas’ul xodimi Namoz Choriyev. bugungi kunda viloyatda 1 ming 600 dan ziyod umumta’lim maktabi mavjud. Uz kad tizimida mazkur maktablarning joylashgan manzillari, yer maydoni, maktabdagi binolar soni, yer fondi toifasi, kadastr raqami va shu kabi boshqa muhim ma’lumotlari joylashtiriladi. Kadastr xodimlari tomonidan ijtimoiy soha ob’ektlarini Uz kad tizimiga kiritilishi natijasida mazkur ob’ektlarning elektron bazasi yaratiladi.
O‘lmas Barotov, O‘zA.