FOTOREPORTAJ
Davlatimiz rahbarining joriy yil 16-17 noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish bo‘yicha “Surxondaryo tajribasi”ni yaratish vazifasi belgilab berilgan edi.
[gallery-15167]
Shunga muvofiq, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyatda mavjud 960 ta umumta’lim maktabining barchasida bosqichma-bosqich “Ma’naviyat sektori” tashkil etilmoqda. Ushbu sektorlarda ma’naviyat xonasi, kutubxona, milliyligimiz aks etgan ko‘rgazmalar o‘rin oladi.
Tashabbus yoshlarni Vatanga muhabbat, ezgu qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA