Maktabgacha ta’lim tizimidagi ishlarga bag‘ishlandi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etgan matbuot anjumanida maktabgacha ta’lim vazirining o‘rinbosari U.Begimqulovning besh yil mobaynida sohada amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi. Qolaversa, vazirlikning yaqin kelajakdagi istiqbolli rejalari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.
Anjumanda Oliy Majlis Senati a’zosi M.Salimova so‘zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim, shu jumladan, maktabgacha ta’lim tizimida olib borilayotgan sa’y-harakatlarga e’tiborni qaratdi. Shuningdek, u maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qamrov sonini oshirish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash, malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda bolajonlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish kabi masalalarga doir takliflarini bildirdi.

Tadbirda Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlari maktabgacha ta’lim bo‘limlari rahbarlarining hisobotlari ham eshitildi.
N.Nasriyev,
O‘zA