Olimlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, inson o‘z umri davomida oladigan bilim, barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda olar ekan. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Chunki, farzandlarimiz 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrning asosiy vaqtini bog‘chada o‘tkazadi. Demak, maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘ini hisoblanar ekan. Mamlakat kelajagi, taqdiriga qayg‘urgan davlat bu masalaga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan mazkur sohani tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilyapti.  

Xususan, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.  

Buning natijasida yurtimizda maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalar qamrovi oshmoqda. Ayniqsa, bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olishda oilaviy bog‘chalar tashkil etilgani bu masalada yangi va samarali yechim bo‘ldi. Xususan, maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2017 yildagi 27 foizdan bugunga kelib 72 foizga yetdi. Ayni vaqtda respublikada 3-7 yoshdagi bolalarning umumiy soni 2,9 millionga yetdi. Shundan 2,1 millioni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya olmoqda.  

Yana bir yangilik, bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari soni 5 ming 211 tadan 19 ming 316 ga yetkazildi. 2026 yilga kelib 6 yoshli bolalarni 100 foiz maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish kutilmoqda. Buning uchun esa 7 mingdan ortiq nodavlat muassasalarni qurish, 160 mingdan ko‘proq kadrlar malakasini oshirish maqsad qilingan.  Buning uchun maktabgacha ta’lim tizimiga xususiy sektor mablag‘larini jalb qilish orqali 7 mingdan ziyod yangi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.  

Qolaversa, olis hududlarda ham maktabgacha ta’lim qamrovini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Prezidentimizning 2021 yil 10 iyundagi “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2 mingta oilaviy nodavlat bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilangan. Shu bilan birga, olis va chekka hududlarda joylashgan bog‘chalarga subsidiyalar ajratilmoqda. Har bir tarbiyalanuvchi bola uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 75 foizi miqdorida subsidiya to‘lanadi.  

Prezidentimizning joriy yil 27 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, tadbirkorlik sub’ektlariga ularning xohishiga ko‘ra, 2018 — 2022 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun tuzilgan bitimlarga muvofiq ajratilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddatini 2024 yil 1 oktyabrga qadar uzaytirishga ruxsat etildi.  

Eng muhimi, imtiyozli davr davomida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan kredit bo‘yicha faqat foiz to‘lovlari amalga oshiriladi. Imtiyozli davrda to‘lanishi lozim bo‘lgan asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlar kredit davrining qolgan qismiga teng miqdorda taqsimlanadi.  

Bundan tashqari, davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar loyiha tashabbuskorlariga quyidagi tabaqalashtirilgan foiz stavkalarida va shartlarda ajratiladi. Toshkent shahrida — 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12 foiz stavka bo‘yicha, Nukus shahri, viloyatlar ma’muriy markazlari va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda — 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 8 foiz stavka bo‘yicha foiz stavkalarida va shartlarda ajratiladi. Shu bilan birga, tumanlarda — 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavka bo‘yicha foiz stavkalarida va shartlarda ajratiladi.  

Bu shartlar davlatimiz rahbarining 2021 yil 12 apreldagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tabaqalashtirilgan foiz stavkalari bo‘yicha ajratilgan imtiyozli kreditlarga ham tatbiq etiladi.  

Kreditlar ajratilganda ular bo‘yicha foiz stavkalarining tabaqalashtirilgan foiz stavkalaridan oshadigan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravarigacha bo‘lgan qismi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya qilinadi.  

Bir so‘z bilan aytganda, davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bilan birga xususiy, oilaviy va davlat-xususiy sherikchilik tamoyilida ishlovchi bog‘chalar soni oshmoqda. Oilaviy bog‘chalar turli hududlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining eng maqbul va jozibador shakli bo‘lib, ularning soni bugungi kunda 20 mingdan oshdi.  

Yurtimizda maktabgacha ta’lim tizimida xususiy sektor ulushini yanada kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Xususan, moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning bir qator samarali mexanizmlari joriy qilindi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ochish tashabbusi bilan chiqqan tadbirkorga imtiyozli sharoitlarda tegishli bino va qurilmalar ajratilmoqda. Zarur jihozlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.  

Shahnoza Mamaturopova,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabgacha ta’lim tizimida xususiy sektor ulushi yanada kengaytirilmoqda