Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi shahar va tuman jamiyatlari hamda hamkor tashkilotlar xodimlaridan iborat Ishchi guruhlar tomonidan hududlardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jamoatchilik tartibidagi o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bunda tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, sog‘lom ovqatlanish tizimi, taom tayyorlash va yetkazib berish tartibi, autsorsing xizmatlari sifati, sanitariya-gigiyena holati, obodonlashtirish ishlari, tarbiyalanuvchilarga ajratilgan mahsulotlarning belgilangan tartib-qoidalarga asosan berilishi holati ko‘zdan kechiriladi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tashkilotlar mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berib borilmoqda.

O‘rganish davomida Ishchi guruhlar tomonidan xodimlarga inson manfaatlari qonun himoyasida ekanligi haqida targ‘ibot ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati o‘rganilmoqda