Maktabgacha ta’lim: istiqboldagi vazifalar belgilandi
Sirdaryo viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasining an’anaviy avgust anjumani o‘tkazildi.
Unda Maktabgacha ta’lim vazirligi vakillari, boshqarma xodimlari, tuman va shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbar va mutaxassislari, metodistlar, psixologlar, hamshiralar ishtirok etdi.


Anjumanda tadbir ishtirokchilari 5 ta guruhga bo‘lingan holda maktabgacha ta’lim sifatini oshirishga oid mashg‘ulotlarda qatnashdi. Maktabgacha ta’limda boshqaruv kadrlari salohiyatini oshirish, maktabgacha ta’lim sifati, pedagog kadrlar tarkibi va sifati, ularni kasbiy rivojlantirish masalalari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini innovatsion boshqarish kabi masalalar muhokama etildi.

Tadbirda tizim rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh soha fidoyilari rag‘batlantirildi.
Shuhrat Suyarov, O‘zA