Maktabdagi yangi tajriba
Bugun mamlakatimizda taʼlim tizimini xalqaro tajriba asosida takomillaştiriş, maktablarda xorijiy tillarni öqitiş sifatini oşiriş va yoşlarning jahon taʼlim maydonida munosib örin egallaşi uçun zarur şaroitlar yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan ilgari surilayotgan taʼlim islohotlari, xususan, maktablarga xorijiy mutaxassislarni jalb etiş va zamonaviy öqitiş metodlarini joriy qiliş borasidagi saʼy-harakatlar özining amaliy natijalarini bermoqda.
Bunday imkoniyatlardan biri Buxoro viloyati Olot tumanidagi 28-umumtaʼlim maktabida ham öz ifodasini topmoqda. Bu yerda faoliyat yuritayotgan hindistonlik ingliz tili öqituvçisi Rozemol zamonaviy pedagogik yondaşuvlar va interaktiv maşğulotlar orqali öquvçilarning xorijiy tilni örganişga bölgan qiziqişini oşirib kelmoqda.
Eʼtiborlisi, uning darslari odatiy maşğulotlardan farq qiladi. Öquvçilar faqat darslikdagi qoidalarni yodlaş yoki yangi sözlarni özlaştiriş bilan çeklanib qolmay, ingliz tilida fikr bildiriş, savollarga mustaqil javob beriş, suhbatdoşi bilan muloqotga kirişişga ham örganmoqda.
Xususan, “English Without Borders” dasturi doirasida 8–11-sinf öquvçilari uçun taşkil etilayotgan maşğulotlarda til örganişning amaliy jihatlariga ustuvor ahamiyat berilgan. Darslar davomida dialoglar, guruhli topşiriqlar, audio va videomateriallar, kundalik hayotda uçraydigan turli vaziyatlarga asoslangan maşqlardan foydalanilmoqda.
Bu usullar öquvçilarning nafaqat luğat boyligini oşiriş, balki tinglab tuşuniş, töğri talaffuz qiliş va ravon sözlaş könikmalarini rivojlantirişga ham xizmat qilmoqda. Eng muhimi, bolalarda xorijiy tilda gapirişdan çöçimaslik, öz fikrini erkin ifodalaş va muloqot jarayonida faol iştirok etiş işonçi şakllanmoqda.
Zero, til örganişdagi eng katta tösiqlardan biri — bilimning yetişmasligi emas, balki uni amalda qöllaşga bölgan işonçning sustligidir. Şu maʼnoda, xorijlik pedagog bilan bevosita muloqot qiliş öquvçilar uçun öziga xos til muhitini yaratib, ularning nazariy bilimlarini amaliy könikmalarga aylantiriş imkonini bermoqda.

Rozemol faqat dars maşğulotlari bilan çeklanib qolmayapti. U qöşimça darslarda ham faol iştirok etib, iqtidorli va bilim olişga intiluvçan öquvçilarni CEFR hamda IELTS kabi xalqaro imtihonlarga tayyorlaşga hissa qöşmoqda. Bu esa yoşlarning kelgusida nufuzli oliy taʼlim muassasalarida tahsil olişi, xalqaro taʼlim dasturlarida qatnaşişi va keng imkoniyatlarga ega bölişi uçun muhim poydevor yaratadi.
Darhaqiqat, bugun ingliz tilini biliş şunçaki qöşimça bilim emas, balki zamonaviy dunyoda yangi imkoniyatlar eşigini oçuvçi muhim vositaga aylandi. Xorijiy tilni puxta özlaştirgan yoşlar jahon ilm-fani, ilğor texnologiyalar va xalqaro tajribalardan bevosita foydalaniş imkoniga ega böladi.
Olot tumanidagi mazkur maktabda yölga qöyilgan tajriba ham ana şu maqsadlarga xizmat qilişi bilan ahamiyatli. Çunki sifatli taʼlim imkoniyatlari faqat yirik şaharlar yoki ixtisoslaştirilgan maktablar bilan çeklanib qolmasligi, eng çekka hududlardagi öquvçilar ham xalqaro bilim va tajribadan bahramand bölişi muhim.
Eng muhimi, xorijlik pedagogning faoliyati öquvçilarda til örganişga bölgan qiziqişni kuçaytiriş bilan birga, ularning dunyoqaraşi, muloqot madaniyati va kelajakka bölgan intilişlarini ham boyitmoqda.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri