O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Milliy uyg‘onish harakatining asoschilaridan biri bo‘lgan Munavvar qori Abdurashidxonov tavalludining 145 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Anjuman avvalida Munavvarqori Abdurashidxonov haqidagi hujjatli film namoyish etildi.  

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari G‘ayrat Majid, adabiyotshunos olim Bahodir Karimov, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori, tarix fanlari nomzodi Sotimboy Xolboyev, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi bosh ilmiy xodimi Bahrom Irzayevning “Munavvarqori va “Yosh Turkiston” jurnali”, “Munavvarqori – O‘zbekiston Milliy universiteti asoschisi”, “Munavvarqorining pedagogik mahorati” kabi mavzudagi ma’ruzalari tinglandi.  

[gallery-14684]

– Mamlakatimizda Munavvarqori Abdurashidxonovning 145 yilligi keng nishonlanishi milliy adabiyotimiz, ma’naviyatimizga qaratilayotgan ulkan e’tiborning yana bir yorqin dalilidir, – dedi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid. – Prezidentimiz o‘z chiqishlarida ma’rifatparvar bobolarimiz merosi, ibratli hayoti, faoliyati haqida doim ta’kidlab keladi. Munavvarqori Abdurashidxonov nainki pedagog, balki millatni uyg‘otgan buyuk siymo, yozuvchi va shoir, o‘z davrining ilg‘or kishisi edi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Munavvarqori Abdurashidxonovning ijod namunalari jamlangan kitobni nashr etdi. Garchi bunday kitob ikki-uch yil avval nashr etilgan bo‘lsada, uni yana qayta nashr etdik. Negaki, Munavvarqori merosiga bugun ham ehtiyoj katta. Biz yoshlarga yuksak darajada bilim beribgina, kelgusida bobolarimiz orzu qilgan rivojlangan davlatga erishishimiz mumkin. Yoshlarga qaratilayotgan e’tibor natijasida Munavvarqori Abdurashidxonov kabi insonlar yetishib chiqishiga shubham yo‘q.  

– Xotira uyg‘onsa go‘zaldir, – dedi adabiyotshunos olim Bahodir Karimov. – Munavvarqorining xotirasi uxlagan emas. U mudom uyg‘oq bo‘lgan. Munavvarqori Abdurashidxonovning asarlarini o‘qib, u o‘zining butun umrini millatni uyg‘otishga bag‘ishlaganini anglash mumkin. Afsuski, mustaqillikkacha uning ijodi, faoliyati o‘rganilmadi. Munavvarqorining dushmani jaholat, ilmsizlik edi. Munavvarqorini doim o‘qish, xotirlash kerak. Ma’rifatparvar bobomizning orzu-umidlari bugun Yangi O‘zbekistonda o‘zining ro‘yobini topmoqda, deb o‘ylayman.  

– Munavvarqori Abdurashidxonov haqidagi hujjatlarni 2001 yilda topib, o‘rganib, tahlil qilgandim, – dedi olim Sotimboy Xolboyev. – Bu juda og‘ir, iztirobli jarayon edi. Munavvarqori o‘zining hibsdagi so‘nggi kunlarida “...biz o‘zimizni qurbon qilib, millatni saqlab qolishimiz kerak!" degan edi. U 1901 yilda o‘z hovlisida, keyinchalik Toshkentning turli dahalarida jadid maktablarini ochadi. Mustaqillik, o‘zlikni anglash, bu maktablarning asosiy g‘oyalari edi. Munavvarqorining eng buyuk xizmatlaridan biri – u Turkiston xalq dorilfununi, ya’ni O‘zbekiston milliy universitetini tashkil etishga bosh-qosh bo‘lgan edi.  

– Bizda ming yillik ta’lim maktabi bor edi, – dedi atoqli tarixchi olim, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi bosh ilmiy xodimi Bahrom Irzayev. – Asrlar osha necha-necha buyuk allomalarimiz, olimu mutafakkirlarimiz aynan shu maktabdan yetishib chiqqanlar. Munavvarqori Abdurashidxonov ta’lim tizimi, darsliklarni milliylikka asoslangan holda zamonaviylashtirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatadi. Maktab, yoshlarning kelajagi, ta’lim-tarbiya Munavvarqori Abdurashidxonov hayotining mazmuni bo‘lgan edi.  

Darhaqiqat, tadbirda ta’kidlanganidek, Munavvarqori Abdurashidxonov ta’lim-tarbiya, adabiyot, jurnalistika yo‘nalishlarida samarali faoliyat ko‘rsatishi bilan birga milliy ta’lim tizimi, milliy ta’lim dasturini yaratgan, maktablar ochgan, o‘z xalqini ma’rifatli, yuksak bilimli, ziyoli bo‘lishiga umrini bag‘ishlagan inson edi.  

2020 yili 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, obod va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida fidokorlik ko‘rsatib, milliy ta’lim va tarbiya tizimini yaratishga beqiyos hissa qo‘shgan Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy va Munavvarqori Abdurashidxonov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangani ajdodlar merosiga bo‘lgan e’tiborning amaliy namunasidir. Zero, yangilanayotgan O‘zbekistonimizda Uchinchi Renessans poydevori aynan Munavvarqori Abdurashidxonovdek fidoyi ma’rifatparvar bobolarimiz merosiga vobasta yaratilmoqda.  

Xotira tadbirida ma’rifatparvar bobomiz hayoti, ibratli faoliyati xususida batafsil so‘z yuritildi. Jadidlar harakatiga doir filmlardan lavhalar namoyish etildi. Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamda Yunus Rajabiy nomli “Maqom” ansamblining badiiy chiqishlari ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.  

Nazokat Usmonova, Oybek Pardayev (suratlar),  

O‘zA  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab, yoshlar kelajagi, ta’lim, millat taqdiri Munavvarqori hayoting mazmuni edi