Maktab uchun yangi bino qurildi
O‘zbekiston Prezidenti kuni kecha ta’lim- tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti chog‘ida so‘nggi yillarda 6 mingta davlat maktabi rekonstruksiya qilingani va yangidan qurilganini aytdi..
Ularning biri Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi 26 -maktab edi.

“Chek” MFYda 1645 nafar aholi yashaydi. 335 ta oilaning farzandlari qishloqdagi birgina 26-maktabda o‘qishadi. U ham 1972 yilda 320 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan edi. Ammo maktab yoshidagi bolalar ko‘pligi uchun shuncha o‘rinda 574 nafar o‘quvchi ta’lim olardi. Nihoyat 1 oktyabr ular uchun haqiqiy bayramga aylandi. 5 milliard so‘m sarflanib, yangi 420 o‘rinli qo‘shimcha bino qurildi, eskisi ta’mirlandi. O‘quvchilar bundan buyon keng va yorug‘ xonalarda o‘qishni davom ettiradi. Endi ular uchun to‘garaklar, muloqot xonalari ham ochiladi.
Muhammadjon Obidov,
O‘zA muxbiri