O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasbga yo‘naltirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yosh avlodning ijodiy qobiliyati va iste’dodini rivojlantirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha kompleks chora-tadbirlar mujassam etilgan besh tashabbus amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, mustaqil fikrlaydigan, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan barkamol yosh avlodni tarbiyalash hamda voyaga yetkazish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu borada joylardagi “Barkamol avlod” bolalar maktablari tomonidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. 

Bugungi kunda Qoraqalpog‘istonda 1 ta respublika, 17 ta shahar va tuman “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyat yuritmoqda. Ushbu maktablardagi jami 892 to‘garakda 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 28 ming 201 nafar o‘quvchi bo‘lib, ularga jami 935 nafar pedagog kadrlar ta’lim-tarbiya bermoqda. 

O‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning to‘garaklarga qiziqish darajasini tizimli o‘rganib borish, to‘garaklarni rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish borasida o‘tgan yili bir qator ishlar amalga oshirildi. Mazkur bolalar maktablarida madaniyat va san’at, turizm va ekologiya, texnika konstruktorlik va modellashtirish, jismoniy tarbiya va sport, hunarmandchilik va qo‘l mehnati, oliy ta’lim va maktabga tayyorlov, xorijiy tillar yo‘nalishidagi to‘garaklar faoliyat olib bormoqda. 

[gallery-21523]

“Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyati samaradorligini oshirish, to‘garak rahbarlari hamda a’zolari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida joriy yilda respublika miqyosida ko‘rik-tanlov va musobaqalar muntazam o‘tkazilib kelinmoqda. Bu borada davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi bolalar musiqa va san’at maktablari, O‘zbekiston Respublikasi Badiiy Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limiga qarashli iqtidorli bolalar maktab-internati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi, shaxmat, karate federatsiyalari, “Vatanparvar” tashkiloti, “Hunarmand” uyushmasi hududiy boshqarmalari bilan imzolangan memorandumlar va tegishli reja asosida hamkorlikda o‘quv-mashg‘ulotlari, seminar-treninglar va tadbirlar tashkil etilmoqda. 

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasbga yo‘naltirish hamda to‘garaklarga jalb qilishda ilg‘or tajribalarni keng joriy etish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar uchun Beruniy tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabiga press-tur tashkil etildi. 

Bugungi kunda ushbu bolalar maktabida jami 57 ta, shundan umumta’lim maktablarida 40 ta tarmoq to‘garagi faoliyat olib bormoqda. Ushbu to‘garaklarga tuman maktablaridan 2 ming 377 nafar o‘quvchi jalb etilgan. Jumladan, raqs, tasviriy san’at, robototexnika va konstruktorlik, aviamodel, kompyuter dizayni va grafikasi, voleybol, mini futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka, yosh pazanda, yosh qandolatchi, bichish-tikish, yumshoq o‘yinchoqlar, munchoqli bezak, sartaroshlik, yosh ekolog, oila hamshirasi kabi ko‘plab to‘garaklar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. 

Tadbir ishtirokchilari ushbu to‘garaklarning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. “Barkamol avlod” bolalar maktabi ishlarini yanada takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni keng joriy etish, o‘quvchilarning qiziqishidan kelib chiqqan holda yangi to‘garaklar tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/_wCc_nejATw" title="Maktab oʻquvchilarining sevimli maskani" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab o‘quvchilarining sevimli maskani (+video)