Maktab maslahatchilari saralanmoqda
Xorazmda “Kelajak” markazlari uchun maktab maslahatchilari saralash imtihonlari boshlandi.
Urganch shahridagi 17-son umumta’lim maktabida o‘tkazilayotgan test sinovlari “Kelajak” markazlari faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda maktablarda zamonaviy maslahatchilik institutini joriy etishga qaratilgan.
[gallery-27220]
–Birinchi bosqichda viloyatimizdagi 133 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida maktab maslahatchisi lavozimi joriy etilgan bo‘lib, ushbu lavozimni egallash uchun jami 626 nafar pedagog hujjat topshirgan, – deydi Xorazm viloyat maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Tursunbek Nurmetov. – Saralovning ilk bosqichi sifatida tashkil etilgan bugungi test sinovlari ham ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilmoqda. Test natijalariga ko‘ra, eng munosib nomzodlar keyingi bosqich – suhbat jarayoniga yo‘llanma oladi.
Ta’kidlanishicha, ushbu jarayon orqali maktablarda yoshlarning iqtidori va tashabbuslarini rivojlantirishga qodir, bilimli va tashabbuskor kadrlarni saralab olish maqsad qilingan.
Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov (surat),
O‘zA muxbirlari