Andijonda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamda viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorligida “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxon bolalar” va “Dunyo daholari” ruknida chop etilgan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda jurnalistlar, shoir va yozuvchilar, Z.M.Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-resurs markazi mutaxassislari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar kutubxona xodimlari, yosh kitobxonlar ishtirok etdi.  

Tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon  viloyati bo‘limi rahbari Maxpuraxon Artiqova, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Zohidjon Tojiboyev hamda boshqalar tomonidan keyingi yillarda mamlakatimizda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi. Ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni targ‘ib etish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi, shuningdek, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan loyiha mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga munosib hissa qo‘shayotganligi qayd etildi.    

[gallery-20585]

Ma’lumki, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan  “Aholi, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, barkamol shaxsni tarbiyalashda kitobxonlik madaniyatini oshirish” loyihasi doirasida bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan o‘n nomdagi o‘zbek hamda jahon adabiyotining eng yaxshi namunalari nashrga tayyorlanib, “Kitobxon bolalar”, “Dunyo daholari” turkumida kitob holida chop etildi.  

Tadbirda loyihaning ahamiyati, chop etilgan kitoblarning mazmuni haqida ma’lumotlar berildi. Qator yurtdosh ijodkorlarimizning qiziqarli she’r, hikoya va ertaklari, shuningdek, dunyoga mashhur insonlar – Stiv Jobs, Muhammad Ali, Leonardo da Vinchi, Volfgang Motsart, Albert Eynshteyn singari ulug‘ daholarning hayoti, faoliyatiga oid qisqa, qiziqarli, ma’lumotlarga boy, chiroyli tarzda bezatilgan, sodda, ravon til bilan yozilgan ushbu kitoblar yosh kitobxonlarning bilim hamda tafakkurini yuksaltirishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.    

Shundan so‘ng o‘n nomdagi 32 jamlanmadan iborat kitoblar Andijon shahridagi Prezident, Muhammad Yusuf nomidagi ijod hamda tuman va shaharlardagi ixtisoslashtirilgan maktablar kutubxonalariga bepul taqdim etildi.  

– Sovg‘a tariqasida taqdim etilgan ushbu kitoblar shubhasiz, maktabimiz o‘quvchilarining eng sevimli kitoblari qatoridan o‘rin oladi, – deydi Andijon shahrida joylashgan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi kutubxonachisi Muqaddasxon Yaqubova. – Mazmunli, kitobxonlarga manzur bo‘ladigan ushbu kitoblarni tayyorlash, chop etish va tarqatishga hissa qo‘shgan barcha mutasaddilarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.    

Tadbirda jamiyat taraqqiyoti, inson kamolotida kitobning o‘rni, roli muhim ekanligi ta’kidlandi, kitob va kitobxonlikni yanada kengroq targ‘ib etish yuzasidan taklif, fikr, mulohazalar bildirildi.  

F. Ubaydullayev,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab kutubxonalariga kitoblar sovg‘a qilindi