Yurtimizda maktab o‘quvchilarini ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish va iqtidorli o‘quvchilar bilimini rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi qarori bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi tasdiqlangan.

Xo‘sh, oltin va kumush medallarini berish tartibi qanday?  

Hujjatga ko‘ra, oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.  

Kumush medal esa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.  

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, oltin va kumush medallarni belgilangan talablar asosida berilishiga maktab direktori javobgar.  

Oltin va kumush medallar berilishi borasidagi savollarga tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga murojaat qilish mumkin.  

M.Madaminova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallarini berish tartibi qanday?