Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron AQSHning Eronga hujumi hech qanday qonuniy asosga ega emasligi va xalqaro huquq yadroviy infratuzilmani yo‘q qilishga izn bermasligini ta’kidladi. Bu haqda "Irna news" yozdi.
Bu bayonot Amerika Islom Respublikasining uch yadroviy ob’ekti nishonga olingandan bir kun o‘tib, Tehron Qurolli kuchlari Qatardagi AQSH harbiy bazasiga cheklangan javob raketa zarbasi yo‘llagan paytda yangradi.
Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni Qo‘shma Shtatlarning jangovar samolyotlari Isroil rejimi bilan hamkorlikda Fordo, Natanz va Isfahondagi yadroviy maydonni to‘pga tutdi va bu amaliyot xalqaro miqyosda turli mulohazalarga sabab bo‘ldi.
Musulmon Ziyo, O‘zA