Yerda hayotning paydo bo‘lish vaqti — evolyutsiyaning eng hayajonli lahzalaridan biri. Sayyoramiz tarixida haligacha yechilmagan jumboqlar ko‘p. Shulardan biri okeanlarning paydo bo‘lishidir. Ochig‘i, biz ular qachon paydo bo‘lganini aniq bilmaymiz. Ammo kurrai zamin paydo bo‘lish vaqtida ular bo‘lmagani aniq. Balki ular dastlab yer atrofida aylanayotgan ulkan bug‘ bulutlari ko‘rinishida mavjud bo‘lgandir. Keyinchalik sayyoraning iqlimiy jihatdan soviy boshlashi ortidan suvga aylangan bo‘lishi mumkin.

Ayrim zamonaviy nazariyalarning shahodat berishicha, bir zamonlar butun yer yuzi dengizdan iborat bo‘lgan. Mintaqalarni ko‘p marta suv bosgan. Biroq okean tubidagi bunday yerlar quruqlik bo‘lgan-bo‘lmagani noma’lum.

Qizig‘i shundaki, ba’zi quruqlik hududlar qaysidir davrda suvliklar bilan qoplangani isbotlangan. Olimlar tomonidan ko‘p yillik izlanishlardan so‘ng topilgan ohaktosh, qum va loyli slanetslar (tog‘ jinsi)ning aksariyati cho‘kindi jinslar, ya’ni dengiz tubida millionlab yillar davomida hosil bo‘lgan mineral tuzlar cho‘kindisidir. Oddiy bo‘r ham bir zamonlar dengizda yashagan mayda jonivorlar chig‘anog‘ining zichlangan to‘plami ekanligi tasdiqlangan.

Bugungi kunda okeanlar yer yuzining to‘rtdan uch qismini egallaydi. Garchi inson qadami okean tubining barcha qatlamiga yetmagan bo‘lsa ham biz uning ko‘rinishi qanday ekanini, taxminan, bilamiz. U materiklar yuzasi kabi rango-rang bo‘lmasa-da, tog‘ tizmalari, tekisliklar va chuqur botiqliklardan tashkil topgan.

Ko‘rsatuvning to‘liq shaklini O‘zAning “Youtube” kanalida tomosha qilishingiz mumkin.  

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/3Qa4nB2EIKI" title="Makon va zamon: Okeanlar qanday paydo bo‘lgan?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Internet materiallari asosida O‘.Alimov tayyorladi.

Videomuhandis D.Yoqubov,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Makon va zamon: Okeanlar qanday paydo bo‘lgan? (+video)