14 noyabr – Butun jahon sifat kuni oldidan O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Surxondaryo viloyati bo‘limi, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi va “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi viloyat filiallari ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur uyushtirdi.

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida Yevropa Sifat Tashkiloti tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida 35 yildan buyon noyabr oyining ikkinchi payshanbasida Butun jahon sifati kuni  nishonlanadi. Bundan ko‘zlangan maqsad yuqori sifatli mahsulotlar va xizmatlarning ahamiyatini oshirish, shuningdek, sifatga erishishdagi muammolarga e’tibor qaratish tadbirlarini faollashtirishdan iborat.  

Sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbir ishtirokchilari dastlab “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Surxondaryo filialining sinov laboratoriyalarida bo‘ldi. Mahsulotlarning sifatini aniqlashda filial xodimlarining mas’uliyatli vazifalari, sinov ishlarini olib borish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Surxondaryo viloyati bo‘limi, “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi viloyat filiallarida yaratilgan zamonaviy sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.  

– Sifat – bu nafaqat odamlar va atrof-muhit uchun, balki mahsulotlarning xavfsizligi, iste’molchilarning so‘rovlarini va talablarini belgilaydigan muhim jarayon hisoblanadi, – deydi Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Surxondaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i G‘ayrat Karimov. – Zamonaviy sharoitda sifat tushunchasi innovatsiyalarni amalga oshirish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bugungi kunda innovatsion rivojlanish faqat sifat bilan uzviy bog‘liq holda uni doimiy takomillashtirib, o‘zgarib turishi mumkin. Bu mamlakatni barqaror yuksalishga undaydi.  

Yangi O‘zbekistonning sifat sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi – milliy iqtisodiyotimizning barqaror yuksalishi uchun ichki va tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar hamda xizmatlarning raqobatdoshligini ta’minlash, ijtimoiy masalalarni hal etib, aholining hayot sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan.  

Press-turda O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligining viloyatdagi tizim tashkilotlari amalga oshirgan ishlar haqida ham atroflicha ma’lumot berildi. Jumladan, Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi viloyat bo‘limi yilning o‘tgan davrida O‘zbekiston Respublikasi “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi hamda “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosi doirasida vohadagi 510 ta korxonada profilaktik tadbir o‘tkazgan. Natijada 225 ta korxona 318 ta standartlar va texnik reglamentlar bilan ta’minlanib, 224 ta korxonaning 986 ta o‘lchash vositasi metrologik qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazilgan, 17 ta korxonada sertifikatlashtirish ishlari olib borilgan. 915 ta korxonaga xavf tahlili asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish xatlari jo‘natilgan. Shuningdek, bozor nazorati va davlat nazorati yo‘nalishlarida ham keng qamrovli ishlarni amalga oshirib, qonunbuzilishlarning oldi olingan.  

“O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi viloyat filiali sinov laboratoriyalarini modernizasiya qilib, zamonaviy sinov uskunalari bilan jihozlangan. Mazkur laboratoriyalarda yilning o‘tgan davrida texnik jihatdan tartibga solish nazorat inspeksiyasi 8 ta, sertifikatlashtirish 63 ta va 634 ta davriy sinov bo‘yicha sinov bayonnomalari rasmiylashtirilgan. Ayni paytda filial sinov laboratoriyasining vakolat doirasini 23 ta sinov usuliga kengaytirish ishlari olib borilmoqda.  

Shu davrgacha filialning mahsulotlarni sertifikatlashtirish boʻlimi tadbirkorlik subyektlarining 183 ta murojaati asosida 14 ta uskuna oʻrnatib boʻlingandan soʻng sertifikatlashtirish ishlari oʻtkazish uchun ruxsat xati va umumiy 169 ta muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirib berdi.

Viloyatdagi 110 ta korxonaga xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifat menejmenti tizimi joriy etilib, sertifikatlashtirildi.  

“Termiz” xalqaro savdo markazi erkin savdo zonasida tadbirkorlik sub’ektlariga qulay sharoit yaratish uchun sertifikatlashtirish xizmatlari ko‘rsatish shoxobchasi tashkil etildi. Eksport-import amaliyotlarini sertifikatlashtirish xizmatlarini talab darajasida yo‘lga qo‘yish uchun  malakali mutaxassis ajratildi.  

Filialning sinov laboratoriyasi boshlig‘i Xulkar Eshonqulova press-tur qatnashchilarini zamonaviy uskunalar yordamida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirdi.  

– Laboratoriyamizda 190 dan ortiq mahsulotni sinovdan o‘tkazish uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi Xulkar Eshonqulova. – Mana bu uskuna yordamida unning tarkibini, bunisida qandolatchilik mahsulotlarining yog‘dorligini o‘rganamiz. Ming garadusgacha isiydigan bu apparat unning kuldorligini aniqlab beradi. Xullas, bu yerga o‘rnatilgan har bir apparatning o‘z vazifasi bor.  

Shu kuni jurnalistlar press-tur tashkilotchilari bilan birga Termiz shahridagi savdo nuqtalarida bo‘ldi. Bu jarayonda mutaxassislar savdo xodimlari va xaridorlarga mahsulotlarning sifati, ularning yorliqlanishi bo‘yicha texnik reglament va standartlar talablari tushuntirilib, targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahsulot sifati mamlakatni barqaror yuksalishga undaydi