Ilgarilari mahsulotni eksport qilish emas, uni ishlab chiqarishning oʻzi nihoyatda qiyin edi. Bugun vaziyat butunlay oʻzgarib, tadbirkorning zamoni keldi.

Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Oʻzbekistonim!

“Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi ostidagi mahsulotlarni bugun jahonning turli mintaqalarida uchratish mumkin. Ilgarilari mahsulotni eksport qilish emas, uni ishlab chiqarishning oʻzi nihoyatda qiyin edi. Bugun vaziyat butunlay oʻzgarib, tadbirkorning zamoni keldi.

Qiyoslash uchun bir misol: 1991-yili Fargʻona viloyatida atigi ikkita eksportchi korxona faoliyat yuritgan boʻlsa, bugungi kunga kelib toʻrt yuzdan ziyod korxona chet el investitsiyasi ishtirokidagi ishlab chiqarish subyekti sanaladi. Ayni paytda dunyoning yuzdan ortiq mamlakatida Fargʻona korxonalari yorligʻi tushirilgan raqobatbardosh mahsulotlarni uchratish mumkin. 2017-yilda viloyatda jalb qilingan investitsiyalar miqdori 45,7 million dollarni tashkil etgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2019-yil yakuniga kelib 347 million dollarga yetdi.

Rossiya, Xitoy, Koreya, Latviya, Belarus, Oʻmon, Turkiya, Ukraina kabi davlatlar bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik aloqalari natijasida rentgen apparati ishlab chiqarish boʻyicha Oʻrta Osiyoda yagona boʻlgan “Listem-Fergana”, toshdan qogʻoz ishlab chiqarish boʻyicha “Fergana stone paper”, sement ishlab chiqarish boʻyicha “Yasin qurilish”, shuningdek, “Moderna Ceramic Industries Fergana”, “Los gigantes textiles” kabi korxonalar ishga tushirildi.

Joriy yil viloyatda 426,9 million dollar investitsiya va kreditlar oʻzlashtirish koʻzda tutilgan boʻlib, oʻtgan davr mobaynida hududiy korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan 41 ta investitsiya loyihasi doirasida 191,3 million dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb etildi.

Viloyatda eksportyor korxonalar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 127 taga koʻpayib, joriy yilning oʻtgan davrida 567 ta eksportyor korxona tomonidan 322,1 million dollarlik qishloq xoʻjaligi va sanoat mahsulotlari eksport qilindi.

– Investitsiya dasturi asosida 18 ta korxonada qurilish materiallari, gigiyena vositalari, xoʻjalik buyumlari, konditer mahsulotlari, milliy matolar kabi 20 xil yangi turdagi mahsulot oʻzlashtirilib, eksportga yoʻnaltirildi – deydi viloyat investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Ahror Yunusov. – Viloyatning eksport geografiyasi Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Germaniya, Xitoy, Ukraina, Vengriya, Litva, Gretsiya, Isroil, Ozarbayjon bilan bir qatorda, 2020-yildan Moldova, Peru va Kolumbiya davlatlari hisobiga yana-da kengaydi.

Viloyatda joriy yil yakuniga qadar qiymati 7 trillion soʻm boʻlgan 737 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish hisobiga 20 ming 50 ta yangi ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan. Oʻtgan vaqt davomida mazkur loyihalar doirasida 3,4 trillion soʻm mablagʻ oʻzlashtirildi. Shuningdek, xalqaro moliya institutlarining 131 million dollar mablagʻi hisobidan 169 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Mazkur raqamlarning oʻzi ham hududlarda investitsion salohiyat yuksalib borayotganligidan dalolatdir.

Margʻilon shahridagi “Narimteks” masʼuliyati cheklangan jamiyatining yuqori sifatli mahsulotlariga tashqi bozorda ham talab ortmoqda. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu korxonada eksport hajmini oshirish, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish borasida doimiy izlanishlar olib borilmoqda.

“Narimteks” tashkil etilgan 2008-yilda oddiy tikuv mashinalarida xotin-qizlar liboslari tikilar edi. 2012-2015-yillarda xitoylik hamkorlar bilan ishlab chiqarish jarayoni modernizatsiya qilindi. Zamonaviy bichish-toʻqish, bezak berish va tikuv mashinalari keltirib oʻrnatildi. Natijada korxona palto, kurtka, kostyum kabi mahsulotlari bilan isteʼmol bozorida mustahkam oʻrin egalladi, yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Tadbirkor Nargiza Aminova bugun yuzlab mohir chevarlar, dizayner va modelyerlarning mehnatiga, iqtidoriga suyanadi. Yiliga 35-40 ming dona ayollar paltosi, pidjak va kurtkalar, yana yuzdan ortiq turdagi xotin-qizlar liboslari nafaqat respublikamiz, balki xorijiy xaridorlar uchun ham manzur boʻlayotir. Oʻtgan yili korxona tomonidan qiymati 600 ming dollardan ziyod sara mahsulotlar Rossiya, Isroil, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston mamlakatlariga eksport qilindi.

Korxona taʼsischisi Nargiza Aminovaning sohada erishayotgan muvaffaqiyatlari siri undagi ishbilarmonlik va ezgu tashabbuslarga ishonch hissidagina emas. Tadbirkorning oʻn yillik hamkori, isroillik investor Nargiz Kadirova eʼtirof etganidek, bunday goʻzal va bejirim, yuqori sifatli liboslarning yaralishi, avvalo, Sharq ayolining oʻziga xos nafosati va nozik taʼbi bilan mushtarakdir.

– Maqsadimiz oʻzbek brendini dunyoga tanitishdir, – deydi “Narimteks” MCHJ rahbari Nargiza Aminova. – Shu boisdan ham doimo izlanishdamiz. Ayniqsa, tadbirkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlanayotgani bizlarni yangi loyihalarga undayapti.

Margʻilonda yana bir yirik korxona – “Uzwoolentex” jun aralashmali mato ishlab chiqarishga ixtisoslashgan toʻquv fabrikasi ham qisqa fursatda oʻz qaddini rostladi. Bu yerda umumiy qiymati 7,9 million dollar miqdorida investitsiya jalb etilib, ushbu loyiha bir vaqtning oʻzida 300 nafar mahalliy yoshlar bandligini taʼminlash imkonini berdi. Shu kunga qadar toʻquv, sifatni nazorat qilish, pardozlash va laboratoriya sexlari yuqori unum bilan ishlamoqda.

Italiya, Germaniya va Xitoy mamlakatlaridan keltirilgan ilgʻor texnologiyalar asosida faoliyat olib borayotgan korxona Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. Korxona ishlab chiqarish sexlarida tayyorlanayotgan mahsulotlarga dunyo bozorida talab yuqori. Ayni kunda ishlab chiqarish tarmoqlarida tayyorlangan mahsulotlarning asosiy qismi Rossiya, Belarus singari yaqin xorijiy mamlakatlarga eksport qilinmoqda. “Uzwoolentex”da toʻqilgan sifatli matolardan “Narimteks”da zamonaviy ayollar liboslari tikiladi. Ushbu mahsulotlar dunyo bozorida “Molto Caldo” brendi bilan mashhur.

Fargʻona tumanida joriy yilda ish boshlagan “Ekokerama” MCHJ ham eksport salohiyati istiqbolli korxona sifatida eʼtirof etilmoqda. 15 yil davomida Xitoy davlatida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib, xalqaro tajriba toʻplagan Salohiddin Yunusov santexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishga moʻljallangan ushbu loyihaga qoʻl urdi.

“Ekokerama” yiliga 500 ming dona 20 turdagi santexnika mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Yaʼni, importning aksariyat qismi oʻrnini toʻldiradi. Bundan tashqari, mintaqamiz davlatlarida shu turdagi mahsulotlarga 50 million dollarlik bozor bor. Korxona quvvatini oshirib, mahsulotlarning 60 foizini eksportga yoʻnaltirish rejalashtirilgan. 100 foiz mahalliy xomashyodan foydalanilishi hamda energiya tejovchi texnologiyalar qoʻllanilishi sababli “Ekokerama” mahsulotlari xorijiy muqobillariga nisbatan arzon boʻladi.

Korxonaning loyiha qiymati 15 million dollar. Jumladan, 11 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb etilgan. Hozirda bu yerda 500 kishi ish bilan taʼminlangan.

Toshloq tumanidagi “Uz-Segang” qoʻshma korxonasi ham jahon bozori sari dadil odimlamoqda. Bu yerda yiliga 16 ming tonna qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilish imkoniyati bor. Buning uchun korxona tasarrufida zamonaviy logistika markazi tashkil etildi. Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya va Xitoydan ilgʻor texnologiyalar olib kelib oʻrnatildi. Bu yilning oʻzida oʻnga yaqin davlatlarga 20 million dollarlik mahsulot eksport qilish moʻljallangan. Korxona bu borada istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish, xalqimizning turmush farovonligini taʼminlashga munosib ulush qoʻshayotir. Tuman va unga yondosh hududlarda yangi-yangi intensiv bogʻlarni tashkil etishga kirishildi. Buning uchun Toshloq va Quva tumanlari hamda Quvasoy shahri hududidan 3 ming gektar yer ajratilmoqda.

Qoʻqon shahridagi “Adan Textile” korxonasida bolalar va sport sumkalari, Uchkoʻprik tumanidagi “Qaqir sanoat invest” masʼuliyati cheklangan jamiyatida trikotaj matolar, “Zunnur servis farm”da dori-darmon vositalari, Dangʻara tumanidagi “Dangara mega cattle” korxonasida elektrotexnika tovarlari ishlab chiqarilib, ularni dunyo bozorlariga olib chiqish boʻyicha dastlabki qadamlar qoʻyildi.

Fargʻonaning meva-sabzavotlari, tikuv-trikotaj, santexnika, elektrotexnika, dori-darmon mahsulotlari-yu bejirim liboslari, adras-u atlaslari xorijda ham xaridorini topayotgani bejiz emas. Zotan, tadbirkorlik fazilati mehnatsevar fargʻonaliklarga Buyuk ipak yoʻlida xalqaro savdo munosabatlari ilmini oʻzlashtirgan ota-bobolarimizdan meros aslida. Bunday eksportchi korxonalar safining tobora kengayib borayotgani iqtisodiy samaradorlikni oshirish, aholi farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

4.jpg

5.jpg

7.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahsulot – oʻzimizniki, Oʻzbekistonniki