Mahorat va iqtidor namoyishi
Urganchda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida badminton bo‘yicha respublika turnirining Xorazm viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 60 dan ortiq o‘g‘il-qiz jamoaviy, juftlik, yakka va aralash bahslarda g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Yoshlarda epchillik, qat’iyat va iroda kabi yuksak fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan ushbu sport turi viloyatda tobora ommalashib bormoqda. Qator maktab va kasb-hunar kollejlarida tashkil etilgan badminton to‘garaklarida yuzlab yoshlar mahorat sirlarini o‘rganayotir.
Mazkur musobaqa ham voha yosh badmintonchilariga o‘z iqtidor va mahoratini sinovdan o‘tkazish imkonini berdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Urganch shahri va Xonqa tumani o‘quvchilari sovrinli o‘rinlarni egallab, musobaqaning final bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.