Mahkumlar muddatidan ilgari ozod qilindi
Jinoyat ishlari boʻyicha Karmana tuman sudining sudyasi A.Saydullayev boshchiligida Karmana tumanida 7 nafar mahkumlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan boʻlgan ishlar ochiq sud majlisida koʻrib chiqildi.

Sud tomonidan 7 nafar mahkum muqaddam jinoyat sodir etib, jazoni oʻtash mobaynida sodir etgan jinoyatlarini mohiyatini tushunib yetganligi, tuzalish yoʻliga kirib, ijtimoiy mehnatga nisbatan boʻlgan munosabati ijobiy tomonga oʻzgarganligi, oʻrnatilgan tartib-qoida talablarni bajarib, mehnatga halol munosabatda boʻlganligi inobatga olinib, umuminsoniy prinsiplarga asoslanib, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Shuningdek, mahkumlarga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 60-moddasi talabiga koʻra, agar mahkum hukm chiqarilganidan keyin jazoni toʻla oʻtamay turib, yangi jinoyat sodir etsa, sud yangi hukm boʻyicha tayinlangan jazo muddatiga ilgari hukm yuzasidan oʻtalmay qolgan jazo muddati toʻla yoki qisman qoʻshilishi tushuntirildi.
J.Mavlonov, Jinoyat ishlari boʻyicha Karmana tuman sudi sudya yordamchisi