Zangiota tumanidagi 21-sonli koloniyada jazoni o‘tayotgan xotin-qizlar uchun kitoblar va inson huquqlariga oid tarqatma materiallar hamda shaxsiy gigiyena vositalari topshirildi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi va IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti bilan hamkorlikda tashkil etilgan aksiyaning maqsadi mahkumalarning ma’rifat va huquq bo‘yicha adabiyotlardan foydalanishini ta’minlash, shuningdek, ularni saqlash sharoitlarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilashga ko‘maklashish.

YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi, elchi A.Karttunen, Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari O.Sotimbayev, 21-koloniya boshlig‘i G.Karimova, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktorining birinchi o‘rinbosari M.Tillaboyev va boshqalar ishtirok etgan tadbirda koloniyaga 600 dan ortiq adabiyot, jumladan, "Demokratlashtirish va inson huquqlari" jurnali nashrlari, shuningdek, shaxsiy gigiyena vositalari topshirilgani qayd etildi.  

O‘zbekiston inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarish, xususan, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish hamda qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha faol choralar ko‘rayotganiga e’tibor qaratildi. Ayniqsa, inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar amaliyotga izchil tatbiq etilmoqda.  

Elchi A.Karttunen ushbu tashabbus "Gender tenglik bo‘yicha milliy mexanizmni ilgari surishga ko‘maklashish" loyihasi doirasida amalga oshirilayotganini va joriy yil 31 oktyabrda bo‘lib o‘tgan "Jazoni ijro etish muassasalarini boshqarishning genderga sezgir strategiyalari: ilg‘or tajriba va asosiy muammolar" mavzusidagi ekspertlar davra suhbatida boshlangan ishlarning davomi ekanini ta’kidladi.  

Tadbir Xotin-qizlarni kamsitishlarga barham berish qo‘mitasi (CYeDAW) tavsiyalariga mos keladi.  

Ozodlikdan mahrum etish joylarida ayollarni saqlash sharoitlarini yaxshilash, shu jumladan, genderga sezgir yondashuvni ta’minlashga, sanitariya sharoitlarini yaxshilashga va shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanish hamda ma’rifiy va madaniy rivojlanish uchun qulay imkoniyatlar yaratishda bunday tadbirlar muhim o‘rin tutadi.  

Tadbirda mahkumlarni saqlash sharoitlari tobora yaxshilanayotgani ta’kidlandi. Mahkumlarning qarindoshlar bilan muloqot qilish, ta’lim olish va tibbiy yordamdan foydalanish huquqlarini kengaytirishga qaratilgan qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz va boshqa vakolatli organlar vakillari uchun jazoni ijro etish muassasalariga kirish imkoniyati ta’minlanayotgani e’tiborga loyiq ekani e’tirof etildi.  

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahkuma ayollar uchun kitoblar topshirildi