Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Ularda dastlab so‘nggi kunlarda mamlakatimiz hayotidagi muhim voqeliklarga to‘xtalib o‘tildi hamda fraksiyalar oldidagi vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, yig‘ilishlarda bir qator qonun loyihalari qizg‘in muhokama qilindi.

Jumladan, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unda mehnat jarayonidagi tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, bundan jabrlangan shaxslarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish masalalari ko‘zda tutilgan.  

Loyihada shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanib, himoya orderidan foydalangan xodimga yil davomida 10 kalendar kundan iborat haq to‘lanadigan ta’til berish ko‘zda tutilmoqda. Yana bir muhim yangilik: farzand tug‘ilganda erkaklarga ham 5 kunlik haq to‘lanadigan ta’til berish taklif etilmoqda.  

Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida Jinoyat ijroiya kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar keng muhokama qilindi.  

— Ushbu loyihada jazoni ijro etish muassasalaridagi mahbuslarning o‘z yaqinlari, oila a’zolari bilan videouchrashuvlarini tashkil qilish masalasi ko‘zda tutilmoqda, — deydi XDP fraksiyasi a’zosi Sayyora Imomova. — Mahbuslar videouchrashuvlar davomida oilasini, farzandlarini ko‘rib, gaplashishi ularda insonlarga, an’analarga nisbatan ijobiy o‘zgarishlarni paydo qilishi mumkin. Shuningdek, videouchrashuv xarajati mahbusning jazoni ado etish davomida o‘zi ishlab topgan oylik maoshidan qoplanishi uning oilasi byudjetiga ta’sir ko‘rsatmasligiga xizmat qiladi.  

Yig‘ilishlarda ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan takliflar bildirilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.  

 <iframe width="655" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/87coj_J7yHk" title="Mahbuslarning oʻz yaqinlari bilan videouchrashuvini tashkil qilish belgilanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahbuslarning o‘z yaqinlari bilan videouchrashuvini tashkil qilish belgilanmoqda (+video)