Mahalliylashtirishda yangi loyihalar
Prezidentimiz Islom Karimovning 2015-yil 11-fevraldagi “2015-2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni Mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Toshkent shahrida 2019-yilgacha 77 korxona 155 loyihani amalga oshirishi belgilangan.
Poytaxtimizda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi, tadbirkor va ishbilarmonlar, hamkor tashkilotlar ishtirokida “Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarining ichki bozorni sifatli keng iste’mol tovarlari bilan ta’minlashdagi o‘rni va bunda kichik biznesning ulushi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.Unda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, sanoat tarmoqlarini modernizatsiyalash, qulay investitsiya muhitini yaratish, tizimli ravishda mahalliylashtirish dasturining mohiyati, maqsad va vazifalari, ushbu sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni tadbirkorlar, loyiha tashabbuskorlari va mutasaddi tashkilotlarga yetkazish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2015-yil 11-fevraldagi “2015-2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni Mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Toshkent shahrida 2019-yilgacha 77 korxona 155 loyihani amalga oshirishi belgilangan.
Yangi mahsulotlarni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, yirik va kichik korxonalar o‘rtasida o‘zaro kooperatsiya aloqalarini amalga oshirishda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuzilgan shartnomalar ijrosi monitoringi yuritilmoqda. Jumladan, 2016-yil may holatida partiya deputatlik guruhlari tomonidan 80 dan ortiq deputatlik so‘rovlari yuborilgan, 14 mansabdor shaxsning axboroti tinglangan. Shuningdek, mahalliylashtirish dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha idoralararo maxsus komissiyaning yig‘ilishida Toshkent shahrida 26 hududiy korxonaning 65 loyihasini mahalliylashtirish dasturiga kiritish ma’qullandi.
Tadbirda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada rivojlantirish borasida boshlangan tizimli islohotlarni eng avvalo sanoatda davom ettirish, xususiy mulkchilik, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishda deputatlik nazoratini yo‘lga qo‘yish, mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitib borish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.