Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mahalliylashtirish dasturi samarali amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning yanvar-may holatiga ko‘ra 251 ta loyiha bo‘yicha 704,9 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, reja 103,5 foizga bajarildi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 4 barobarni, import o‘rnini bosish samaradorligi esa 56,1 million dollarni tashkil qildi.

Bunda yangi loyihalar bo‘yicha 570,5 milliard so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Korxonalar kesimida oladigan bo‘lsak, Markaziy ta’mirlash mexanika zavodida 105 ta loyiha bo‘yicha 35,1 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Chirchiq shahridagi Ilmiy birlashmada 31 ta loyiha bo‘yicha 54 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlangan. Shuningdek, dastur bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishda Mis eritish zavodining ulushi 10,4 milliard so‘m bo‘lgan.

Bundan tashqari, yangi barpo etilayotgan 3-mis boyitish fabrikasi bo‘yicha dastur asosida 368,8 milliard so‘mlik metallokonstruksiya tayyorlangan. Portlovchi materiallar zavodida 89 milliard so‘mlik portlovchi moddalar ishlab chiqarilgan. Kombinat tarkibiy bo‘linmalaridagi 8 ta mexanik ta’mirlash uchastkalari tomonidan 13,2 milliard so‘mlik mahsulotlar tayyorlangan. Yana bir ahamiyatli jihati mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan mahsulotlardan 1,46 million dollarlik mahsulotlar eksporti ham amalga oshirildi.

OKMK tomonidan sanoat kooperatsiyasi va shatakka olish tizimi orqali yanvar-may oylarida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalardan 535,2 milliard so‘mlik mahsulotlar xarid qilindi. Bu ko‘rsatkich prognozga (424,2 milliard so‘m) nisbatan 126 foizni tashkil etdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kombinat tomonidan avval import qilingan mahsulotlarni o‘zlashtirish maqsadida “Olmaliq quyuv mexanika zavodi” MCHJda 40 turdan ziyod (300 milliard so‘m) quyma mahsulotlarni ishlab chiqarish boshlandi.

“Intercon Roollers” qo‘shma korxonasida konveyer roliklarini ishlab chiqarish joriy yilning ikkinchi yarmida ishga tushirilib, oyiga 12 ming dona rolik ishlab chiqaradi va kombinatning talabini to‘liq qondiradi.

“Avantec” qo‘shma korxonasida germaniyalik hamkorlar bilan dastgohlar ishlab chiqarish loyihasi doirasida qurilish ishlari yakunlandi. Bugungi kunda uskunalarni olib kelish va o‘rnatish ishlari davom etmoqda.

OKMK Axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalliylashtirish dasturi o‘z samarasini bermoqda