Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mahalliylashtirish dasturi ijrosi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Markaziy ta’mirlash mexanika zavodining mexanika-yig‘uv sexida dastur doirasida 57 turdagi mahsulot ishlab chiqarilayotgani bunga yaqqol misoldir. 

Oxirgi yillarda dasturga asosan bir qator mahsulotlarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Jumladan, BelAZ avtogigantlari uchun SHSL sharnirli podshipniklar, modul 28Z43 tish botiqli val shesternalari, KMD-2200 T1 D1M hamda KSD2200 Gr D1M maydalash uskunalariga zirhlar ishlab chiqarilayotir. 

Yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda albatta, zamonaviy texnologik uskunalarning o‘rni beqiyos. Kombinatda amalga oshirilayotgan “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish investitsiyaviy loyihasi asosida mazkur sexga ham bir qator zamonaviy texnologik uskunalar olib kelindi. Xususan, joriy yilning yanvar oyida sexning kon-shaxta uskunalari tayyorlash uchastkasiga Germaniya davlatidan Gleason P2000 tishli frezer uskunasi olib kelib o‘rnatildi. Mazkur uskuna yordamida shu paytgacha Mis boyitish fabrikasidagi tegirmonlar uchun 3 dona val shesternalari ishlab chiqarildi. Uskuna to‘liq avtomatlashtirilgani bilan ahamiyatlidir. Mahsulot ishlab chiqarishdagi vaqt sarfi ham ikki baravarga kamaygan. Ushbu mahsulotlar avvallari katta mablag‘ evaziga xorijdan keltirilgan bo‘lib, mahsulotning sexda ishlab chiqarilishi natijasida har bir val shesternasining narxi 5 baravar arzonga tushmoqda. 

Ayni paytda uchastkada germaniyalik mutaxassislar tomonidan Gleason P8000 uskunasi o‘rnatilib montaj qilinayotir. Ushbu zamonaviy uskunadan Mis boyitish fabrikasidagi tegirmon barabanlari uchun chambaraklar, val shesternalari ishlab chiqarishda foydalaniladi. May oyida mazkur uskuna to‘liq ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, AXIOM 900 tokarlik vint kesuvchi uskunasi ham yig‘ilmoqda. Bu uskuna ham zamonaviy bo‘lib, boshqaruvi to‘liq avtomatlashtirilgan. Uskunalarni montaj qilish ishlari bilan parallel ravishda zavod ishchi-xodimlari uskunalarga servis xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitilmoqda. Texnologik uskunalar foydalanishga topshirilganidan so‘ng, ularning ishlash jarayoni, sozlamalari onlayn tarzda kuzatiladi. Shuningdek, joriy yilda sexga 20/5 tonna yukni ko‘tarish hajmiga ega bo‘lgan Ural ko‘prikli kran ham o‘rnatildi. Mazkur ko‘prikli kran ham zamonaviy boshqaruv qurilmalariga ega bo‘lib, sexdagi yuqori ish unumdorligini ta’minlaydi. 

Har qanday mehnat jamoasida tajribali va fidoyi ishchilar sabab mehnat marralari zabt etiladi. Tish kesuvchilar Nabijon Navro‘zov, Azat Gizzatulin, chilangar-ta’mirlovchi Dilshod Rusaliyev, nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika jihozlari sozlovchisi Aleksandr Kuznetsovlar ana shunday ilg‘orlardan. Kombinat texnologik zanjirida muhim ahamiyat kasb etuvchi mazkur sex jamoasi o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygan. Maqsadga erishishda esa mehnat jamoasida boy ish tajriba, ishga bo‘lgan jiddiy yondashuv, qat’iy ijro intizomi mavjud. 

OKMK axborot xizmati

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalliylashtirish dasturi: ish unumdorligi texnologik uskunalarga bog‘liq